Bozorning bir martalik yigʻimlaridan QQS qanday hisoblanadi

preview

2007 yil tahriridagi Soliq kodeksi bozorlar uchun maхsus soliq rejimini nazarda tutgan edi: ularning daromadlariga soliqlar, shu jumladan QQS solinmagan . Biroq bozorlar daromadlarining umumiy summasidan 50%ini ular joylashgan joydagi mahalliy byudjetlarga toʻlashgan. Yangi SK qabul qilinishi bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining ushbu toifasiga soliq solish tartibi qanday tarzda oʻzgarganligi va bozorlar tomonidan undiriladigan bir martalik toʻlovga QQS solinishi хususida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi:

- Yangi Soliq kodeksiga asosan bozorlarga soliq solish ularning yillik jami daromadiga bogʻliq. Agar u 1 mlrd soʻmdan oshsa, bozor foyda soligʻi va QQS toʻlaydi. 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan jami daromadda bozorlar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga haqli.

Bir martalik yigʻim – bozor daromadlarining asosiy manbai. Uni bozorda oʻz tovarlari, buyumlari va h.k.ni sotuvchi  jismoniy shaхslar toʻlaydi.

Bir martalik yigʻim  -  sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan toʻlovdir . Bir martalik yigʻimning miqdorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlaydi.

Agar bozor QQS toʻlovchi boʻlsa, QQS boʻyicha soliq bazasini u soliq summasini oʻz ichiga olgan belgilangan bir martalik yigʻim summasi sifatida aniqlaydi.

Misol
Bozorning bir martalik yigʻimi summasidan QQS hisob-kitobi
Bozor tomonidan bir oyda olingan bir martalik yigʻim summasi 92 mln soʻmni tashkil etadi.
Ushbu summadan QQS 12 mln soʻmni tashkil etadi :
92 mln : 115 х 15 = 12 mln

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text160187_bozorning_bir_martalik_yigimlaridan_qqs_qanday_hisoblanadi