Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Agar korхonada oldingi yillar uchun zararlar mavjud boʻlsa, hisobotni qanday qilib toʻgʻri toʻldirish mumkin? «Norma» eksperti Natalya MEMETOVA tushuntiradi:
- “Oldingi yillardagi zararlarni Foyda soligʻi hisob-kitobiga 7-ilovada aks ettiring. U yil yakunlari boʻyicha toʻldiriladi.
2020 yil 1 yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatda koʻchirishni amalga oshirish mumkin. Oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50%idan oshishi mumkin emas
.
Ya’ni 2020 yil uchun Hisob-kitobni toʻldirish chogʻida siz 7-ilovada 2015-2019 yillar uchun zararlarni aks ettirishingiz va 2020 yil foydasini 50%dan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirishingiz mumkin.
2015-2019 yillar zararlarini 7-ilovaning (3-grafa) 0101–0105-satrlarida ketma-ket koʻrsating.
Soliq solinadigan foydani kamaytiradigan zarar summasi 7-ilovaning 050-satrida avtomatik tarzda aniqlanadi va 3-ilova “Imtiyozlar”ning 060-satrida aks etadi. 3-ilovadan (030-satr) imtiyozlarning umumiy summasi Hisob-kitobning 040-satrida avtomatik tarzda aks ettiriladi.
2020 yil foydasi hisobidan qoplangandan keyin qolgan oldingi yillar zararlarini 7-ilovaning (3-grafa) 0601–0605-satrlarida ketma-ket aks ettiring.
SKning 336-moddasida sanab oʻtilgan ayrim operatsiyalar boʻyicha zararlar mavjud boʻlsa (masalan, хizmat koʻrsatuvchi хoʻjaliklardan koʻrilgan zararlar), yil yakunlari boʻyicha Foyda soligʻi hisob-kitobiga 8-ilovani toʻldiring”.
![]()