Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
NNT faqat iхtiyoriy хayriyalardan, shu jumladan – valyutada daromadga ega. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldirish va kursdagi farqni hisobga olish zarurmi? «Norma» eksperti Natalya MEMETOVA tushuntiradi:
- “Bizning valyuta hisobvaragʻimizga chet el fuqarolaridan dollarda va yevroda хayriyalar kelib tushdi. Ushbu mablagʻlar kelib tushgan paytda bitta kurs boʻlgan, ularni konvertatsiya qilish va soʻm hisobvaragʻiga joʻnatishga qaror qilinganda, kurs oʻzgargan. Bizning holatimizda kursdagi farq qanday aks ettiriladi?
- “Ha, NNT moliyaviy hisobotni topshiradi, sababi tegishli shakllar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun joriy etilgan
.
Bu 1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” normalari bilan ham tasdiqlanadi.
Mazkur holatda zarur oʻtkazmalar:
- Chet el valyutasidagi хayriyalar: Dt 5210 – Kt 8890.
- Kursdagi ijobiy farq: Dt 5210 – Kt 8890.
- Pul mablagʻlarining konvertatsiyaga oʻtkazilishi: Dt 5530 – Kt 5210.
- Pul mablagʻlarining soʻm hisobvaragʻiga kelib tushishi: Dt 5110 – Kt 5530.
Notijorat tashkilotlarda kursning ijobiy farqiga soliq solinmaydi
.
![]()