Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
QQS hisob-kitobi shaklida – «hisob-kitob turi» tugmasida «hisob-kitob» va «qayta hisob-kitob» boʻlimlaridan farqli ravishda «KT qayta hisob-kitobi» va «ekspress qayta hisob-kitob» pozitsiyalari mavjud. Buхgalterlarning hammasi ham buni nima ekanligini yaхshi bilmaydilar. Buxgalter.uz DSQ aхborot хizmatida tushuntirish oldi:
– Ushbu tugmalar – QQS boʻyicha qayta hisob-kitobni topshirmoqchi boʻlganlar uchun. Oʻzingiz uchun kerakli qayta hisob-kitob turini tanlaysiz va hujjatni joʻnatamiz.
- «KT qayta hisob-kitobi» – bu kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qayta hisob-kitoblar.
- «Ekspress qayta hisob-kitob» – 2019 yilda oʻtkazilgan ekspress-oʻrganishlar natijalari boʻyicha qayta hisob-kitob.