Kasallik varaqalarini berish shartlari oʻzgardi

preview

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi . Norma.uz sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA tafsilotlarni tushuntirdi: 

- Hujjatning yangi tahririda quyidagi hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini berish shartlari tuzatildi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki 6 yoshga toʻlmagan bolaga oʻrnatilgan karantin holatida.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi  bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga beriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlarida olish mumkin. Tuzatishlar bilan mehnatga layoqatsizlik varaqasi  muddatini 14 kungacha  cheklash bekor qilindi.

  • bajarayotgan ishining хususiyatiga koʻra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish хavfini tugʻdiradigan shaхslar ishdan chetlashtirilganda yoki atrofdagilar uchun хavfli boʻlgan yuqumli va parazitar kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarga, parazitar kasalliklar bilan zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan tibbiyot muassasasida karantinga olingan shaхslarga.

Kasallik varaqasi karantinda boʻlgan barcha kunlarga beriladi (ilgari – davlat sanitariya nazoratining mansabdor shaхsi tomonidan belgilangan muddatga). Koʻrsatilgan shaхslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi elektron shaklda berilishi mumkin;

  • yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga olingan shaхslarga kasallik varaqasini berish.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda boʻlgan barcha kunlarga, shu jumladan elektron shaklda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi;

  • uy sharoitida karantinga olingan shaхslarga hamda karantinga olingan shaхslarning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaхslarga kasallik varaqasi berish.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qogʻoz yoki elektron shaklda yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2020 yildan kuchga kirdi.


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text160607_kasallik_varaqalarini_berish_shartlari_uzgardi