Agar xaridor EHFni imzolamagan boʻlsa, u QQSni hisobga ololmaydi

preview

QQS hisob-kitobining 10006_14 kodli shakliga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yetkazib beruvchilarning xaridorlarga taqdim qilgan EHFlari xaridorlar tomonidan oʻz vaqtida imzolanmayotganligi masalasining yangi yechimi kiritildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

- Yetkazib beruvchida (sotuvchida) QQS boʻyicha hisobotga 5-ilovada Elektron hisobvaraq-fakturalar reyestri, hatto kontragent tomonidan EHF e’tiborsiz qoldirilgan – uni imzolamagan yoki rad etmagan holatda ham avtomatik tarzda shakllanadi.

Biroq xaridor tomonidan qabul qilinmagan, kelib tushgan elektron hisobvaraq-fakturalar xaridorda QQS boʻyicha  hisobotning 4-ilovasida reyestrda aks ettirilmaydi. Ular boʻyicha QQS summasi hisobga olinmaydi.

Axborot xabarining toʻliq versiyasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text160627_agar_haridor_ehfni_imzolamagan_bulsa_u_qqsni_hisobga_ololmaydi