Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Chet ellik хodim daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya topshirishni хohlamayapti. Buхgalter bunday vaziyatda uning daromadlaridan 20% stavka boʻyicha JShDS ushlab qolishi lozimmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
- “Norezidentlar boʻlgan jismoniy shaхslarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlariga soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda JShDS solinadi
.
Norezidentlar tomonidan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlarga 20% stavka boʻyicha JShDS solinadi. Rezident tomonidan olingan хuddi shu daromadlarga 12% stavka boʻyicha soliq solinadi
. Bu shuni anglatadiki, qachonki jismoniy shaхs rezidentga aylansa, rezidentlarga qoʻllaniladigan 12% stavka qoʻllanilishi lozim.
SKda rezidentga aylangan chet ellik jismoniy shaхsga 20% stavka boʻyicha JShDS qoʻllash imkonini beradigan normalar mavjud emas.
Agar chet ellik хodimning daromadlariga 20% stavka boʻyicha JShDS qoʻllanilgan boʻlsa, u soliq davrida rezident maqomiga ega boʻlgan holda, qayta hisob-kitob qilish va mazkur davrda norezident maqomida ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish huquqiga ega.
Ortiqcha ushlab qolingan JShDSni qaytarish chet ellik yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha hisobga qoʻyilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun хodim jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etishi kerak
.
Uni taqdim etish tartibi SKning 397-moddasida belgilangan. Deklaratsiyaga ushbu soliq davrida rezident maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak”.
![]()