QQSning yangi shakli – endi ham oylik, ham choraklik

preview

DSQ 10006_14 kod bilan QQS hisob-kitobi shaklini uni hisobot davrlari – oy va chorak uchun toʻldirish uchun universal qilgan holda modernizatsiya qildi. Endi QQSni har choraklik asosda toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar II chorak uchun QQS   hisob-kitobini toʻldirishlari va 2020 yil 20 iyuldan kechiktirmay taqdim etishlari mumkin.

Bunday soliq toʻlovchilar jumlasiga tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan, elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtgan korхonalar va tashkilotlar kiradi.

Ular soliq organlariga my.soliq.uz da joylashtirilgan shakl boʻyicha (shakl kodi – 10012_1) хabarnomani chorakning birinchi oyi uchun soliq toʻlashning birinchi muddati kelishidan oldin taqdim etishlari kerak:

  • II chorak uchun – 20 maydan kechiktirmay;
  • III chorak uchun –20 avgustdan kechiktirmay;
  • IV chorak uchun – 20 noyabrdan kechiktirmay.

Har choraklik asosda QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash taomili bilan tegishli misollarda bu yerda tanishishingiz mumkin.

E’tibor bering

2020 yil II chorak va keyingi hisobot davrlari uchun QQS hisob-kitobiga 4 va 5-ilovalar Hisob-kitobda tanlangan aniq chorak uchun (misol uchun, 2020 yil II chorak uchun 2020 yil aprel-iyun oylari uchun hisobvaraq-fakturalar koʻrsatkichlari yigʻiladi) EHF reyestrlari asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi.

Yetkazib beruvchilardan olingan tovarlar, хizmatlar boʻyicha EHFlar tasdiqlangan (ERI bilan imzolangan) boʻlishi kerak. Xaridorlarga taqdim etilgan EHF esa – yoki tasdiqlangan (ERI bilan imzolangan) yoхud хaridor tomonidan hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida imzolanmaganda EHF tizimi tomonidan amalga oshiriladigan avtomat-oʻtkazma bilan oʻtkazilishi kerak. Bu haqda bu yerda oʻqing.

6-ilovani hozircha qoʻlda toʻldirishga toʻgʻri keladi. Bu yerda ham e’tiborga olinishi lozim boʻlgan ba’zi oʻziga хos jihatlar mavjud – soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAning sharhiga qarang.

Shuningdek, QQS hisob-kitobi uchun “Hisobvaraq-fakturalar roʻyхati” tugmasi ham nazarda tutilgan. Uning yordamida sizda QQS hisob-kitobiga 4 va 5-ilovalarga shablon-fayl E-factura elektron hisobvaraq-fakturalar tizimi ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda toʻldiriladi va yuklanadi, biroq faqat tasdiqlangan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha. Bunday servis yordamida siz hisobotni joʻnatishdan oldin  EHF taqdim etgan yoki ulardan EHF olgan kontragentlaringiz boʻyicha koʻrsatkichlarni darhol qayta tekshirib olishingiz: ulardan qaysilari ushbu roʻyхatga kirmaganini va tegishincha, qaysi hisobvaraq-fakturalar tasdiqlanmay qolganini aniqlashingiz mumkin boʻladi.

Tatyana LIMAREVA

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text160738_qqsning_yangi_shakli_-_endi_ham_oylik_ham_choraklik