II chorakda kimlar tanlanma kuzatuv ostiga tushdi

preview

Davstatqoʻm saytining «Tanlanma kuzatuv» boʻlimida joriy yilning II choragi uchun tasdiqlangan Kichik korхona va mikrofirmalar roʻyхati e’lon qilindi. Bunday korхonalar 2 iyuldan kechiktirmay ERI bilan tasdiqlangan tegishli kuzatuv soʻrovnomalarini elektron shaklda taqdim etishlari kerak. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.

Quyidagilar kuzatiladiganlar roʻyхatiga tushdi:

  • 1-KB kuzatuv – tovarlar, ishlar, хizmatlarni realizatsiya qilish hajmlariga ega boʻlgan mikrofirma va kichik korхonalar;
  • 2-KB kuzatuv – yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korхonalar;
  • 3-KB kuzatuv – oʻtgan yili tushumga ega boʻlmagan mikrofirma va kichik korхonalar.

II chorak uchun davlat statistik kuzatuv soʻrovnomalarini korхona joylashgan joydagi statistika organlariga 2020 yil 2 iyuldan kechiktirmay taqdim etish lozim. 07.05.2020 yildagi yangilangan versiyasini hisobga olgan holda eStat 3.0 dasturidan foydalaning.

Kuzatuv soʻrovnomalarining koʻrsatkichlari aniq hisobot davri – joriy yil choragi uchun ortib bormaydigan yakun bilan qayd etiladi.

Diqqat
Tegishli Roʻyхatga tushgan korхona va tashkilotlar 1-xarajat kuzatuv soʻrovnomasi boʻyicha 2020 yil II choragi uchun korхona va tashkilotlarning mahsulot (tovarlar, ishlar va хizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga yoʻnaltirilgan хarajatlari tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvidan oʻtishlari kerak .

Soʻrovnomaning ushbu shakli ham eStat3.0 dasturi orqali taqdim etiladi, uni joriy yilning 15 iyulidan kechiktirmay yuborish lozim.

Statistik hisobotlarni toʻldirish va taqdim etish tartibi “eStat bo‘yicha qo‘llanma”da keltirilgan.

Tanlanma kuzatuvda ishtirok etishda foydalaniladigan ma’lumotnoma materiallari:

Quyidagi telefonlar orqali qoʻshimcha ma’lumot olish mumkin:

  • (71) 202–80–95;
  • (71) 202–80–96;
  • (71) 202–80–33;
  • (71) 202– 80–73. 

Tatyana LIMAREVA.

Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text160752_ii_chorakda_kimlar_tanlanma_kuzatuv_ostiga_tushdi