9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xizmat safari xarajatlari chegirilmaydigan xarajatlar roʻyxatiga kiritilmagan
. Bu soliq solinadigan foydani aniqlash chogʻida ularning istisnosiz barchasi jami daromaddan chegirilishi mumkinligini anglatadimi? «Norma» eksperti Oleg SOY SKning mazkur normasini amalda qoʻllash jihatlariga oydinlik kiritdi.
– Xizmat safari xarajatlarini chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritish uchun ular iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashi va hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak
.
Ya’ni:
- daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlishi (muzokaralar oʻtkazish, xom ashyoni yetkazib beruvchilar bilan kontrakt tuzish, buyurtmachining hududida ishlarni bajarish v h.k. maqsadida xizmat safari);
- shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlishi yoxud xizmat qilishi va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlishi (raqobatbardoshlikni oshirish uchun xodim mintaqalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning taqdimot marosimini oʻtkazadi, sohaga oid koʻrgazmada qatnashadi va h.k.).
Quyidagilar xizmat safari xarajatlarining hujjatli tasdigʻi hisoblanadi:
- xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq;
- Oʻzbekiston hududida xizmat safariga chiqqanda xizmat safari guvohnomasi;
- xizmat safariga yuborilgan xodim uchun ishlab chiqarish topshirigʻi;
- avans hisoboti;
- topshiriq bajarilgani toʻgʻrisida hisobot;
- transport xarajatlari, yashash xarajatlari va boshqa haqiqatdagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Biroq xizmat safari xarajatlarining iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashi va hujjatlar bilan tasdiqlanishi barcha xarajatlarni chegiriladigan xarajatlarga kiritish mumkin degani emas.
Sutkalik xarajatlar
Sutkalik xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlash kerak emas. Ular – normalangan xarajatlar
. Minimal normalardan ortiq sutkalik xarajatlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibidagi kompensatsiya toʻlovlariga kiradi
.
Jamoa yoki mehnat shartnomalarida, shuningdek soliqqa oid hisob siyosatida minimal xarajatlardan ham yuqori boʻlishi mumkin boʻlgan sutkalik xarajatlar normalarini nazarda tuting. Bu ularning iqtisodiy asosi boʻlib, foyda soligʻini hisoblash chogʻida ularni chegirish imkonini beradi.
1268-son Yoʻriqnomada sutkalik xarajatlar normativlari jamoa shartnomasida tasdiqlanishi yoki ularning mehnat shartnomalarida aks ettirilishi nazarda tutilgan. Bu korxona xarajati xodimning daromadi hisoblanish-hisoblanmasligini aniqlashingizga imkon beradi
.
Xizmat safari xarajatlarini chegiriladigan yoki chegirilmaydigan xarajatlar jumlasiga kiritish uchun soliqqa oid hisob siyosatida ham normativlarni tasdiqlashni tavsiya etamiz.
Yoʻl xarajatlari
Xizmat safariga yuborilgan xodimning yoʻl xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlar asosida, ular mavjud boʻlmaganda esa – tasdiqlangan normalar doirasida haqiqatdagi xarajatlar boʻyicha aniqlanadi. Minimal norma – har bir kilometr uchun BHMning 0,08%i
. Jamoa yoki mehnat shartnomasida va hisob siyosatida minimal normadan kam boʻlmagan oʻz normangizni belgilashingiz mumkin. Korxonaning lokal hujjatlarida yoʻl uchun normativlarni tasdiqlash – xarajatlarni chegirish uchun asos.
Normativ kilometraj bilan bogʻliq boʻlgani uchun uni hujjatlar bilan tasdiqlang. Navigator yoki elektron xaritadan foydalangan holda masofani aniqlang. Hisob-kitobni tasdiqlash uchun olingan ma’lumotlarni alohida faylda qayd eting. Qogʻozga chiqarilgan nusxasini hisob-kitobga ilova qiling.
Korxonada tasdiqlangan normalardan oshadigan yoʻl xarajatlari, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda – chegirilmaydigan xarajatlar.
- xarajatlarni jamoa yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda qoplashni iltimos qilib, tashkilot rahbari nomiga yozilgan ariza yoki xizmat yuzasidan yozilgan ma’lumotni taqdim etishni;
- qoplanadigan summani avans hisobotiga kiritishni.
.Istisnoli hollarda, biroq faqat rahbarning ruxsati bilan va tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda xizmat safariga yuborilgan xodimning bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashingiz mumkin
. Bagajda xizmat safarida topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan mulk boʻlganiga ishonchingiz komil boʻlsa, ularni qoplang.
Tasdiqlovchi hujjatlardan (xizmat safari toʻgʻrisida hisobot, xizmat yuzasidan yozilgan ma’lumot) bagaj xizmat topshirigʻini bajarish bilan bogʻliq ekani koʻrinsa, bu mazkur xarajatlarni chegirish uchun asos boʻlishi mumkin.
Turar joyni ijaraga olish boʻyicha xarajatlar
Bunday xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar asosida haqiqatdagi xarajatlar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatlar mavjud boʻlmaganda turar joy uchun xarajatlarni xizmat safarida boʻlgan har bir sutka uchun BHMning 20%i miqdorida qoplang
. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda ushbu normadan ortiq xarajatlar – chegirilmaydigan xarajatlar, sababi xodimning moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiradi
.
Boshqa xarajatlar
Xizmat zarurati bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar (telefonda gaplashish, pochta xarajatlari va h.k.) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda qoplanadi
. Bunday xarajatlarni iqtisodiy jihatdan asoslash uchun ularning roʻyxatini jamoa yoki mehnat shartnomasida va soliqqa oid hisob siyosatida aks ettiring.
Jamoa yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha xizmat safari xarajatlarini quyidagilarga kiriting:
- JShDS solinadigan xodimning moddiy naf tarzidagi daromadlariga
; - korxona uchun chegirilmaydigan xarajatlarga
.