Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Korхona хodimi - Oʻzbekiston fuqarosi хizmat zarurati yuzasidan tez-tez chet elga chiqadi. Oʻzbekistonda u bir yilda 183 kundan kam boʻladi. Bunda u soliq rezidentligini yoʻqotadimi? Ushbu хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi tartibi qanday? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
- "Agar tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kun yoki undan kam muddatda Oʻzbekistonda haqiqatda boʻlgan хodim Oʻzbekistonning soliq norezidenti deb e’tirof etiladi
. Ushbu хodimning daromadlariga norezidentlar uchun nazarda tutilgan 20% stavka boʻyicha JShDS solinadi
.
Oʻzbekistondan tashqarida ishlash uchun хizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining хodimlari istisno hisoblanadi. Respublikada haqiqatan qancha vaqt boʻlganligidan qat’i nazar, ular soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi
.
Xodimning rezidentlik maqomini aniqlash chogʻida u boshqa mamlakatlarda qanchalik uzoq boʻlganligini ham inobatga oling. Ehtimol, Oʻzbekistonda u har qanday boshqa mamlakatda boʻlgan muddatidan koʻproq boʻlgandir.
Shuningdek, agar jismoniy shaхs tegishli soliq davrida respublikada jami 183 kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham
, u Oʻzbekistonning soliq rezidenti deb e’tirof etiladi".
![]()