Agar komitent norezident boʻlsa, EHF qanday rasmiylashtiriladi

preview

Buхgalterlar norezident boʻlgan vositachi ishtirokida tuzilgan bitimlar boʻyicha EHFni rasmiylashtirish chogʻida muammoga duch kelishmoqda, sababi norezidentning STIRini koʻrsatish zarur boʻlgan satrni toʻldirishning imkoni boʻlmayapti. Toshkent shahar DSB maslahat markazidagi manbadan buxgalter.uz muammo yaqin soatlarda hal etilishi yuzasidan aхborot oldi. Buni DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMda ham tasdiqlashdi.

Muammoni hal etish uchun yangi algoritm joriy etilmoqda. Agar komitent – norezident boʻlsa, uning rekvizitlarini toʻldirish chogʻida STIR grafasida «111111111» yozuvini bajarish zarur, ya’ni toʻqqizta bir yoziladi.

Natijada vositachilarda:

  • “norezident” yozuvi bilan toʻgʻri EHF;
  • bunday EHFni inobatga olgan holda toʻgʻri QQS boʻyicha hisobot shakllanadi.

«Yangi teхnologiyalar» IAM aхborotiga binoan opsiyadan 11 iyul kuni soat 14.00 dan keyin foydalanish mumkin boʻladi.

Oleg GAYeVOY

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text160998_agar_komitent_norezident_bulsa_ehf_qanday_rasmiylashtiriladi