Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi
. Hujjat byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Batafsil – norma.uz axborot-huquqiy portali sharhida.
Soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish soliq organi qarori bilan amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq soliq qarzi quyidagi hollarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:
- yuridik shaxs tugatilganda - yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni boʻlmaganligi sababli u uzilmay qolganda;
- yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda - qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi (uning qismi) uzilmay qolganda;
- jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganda - uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda, uning soliq qarzi belgilangan tartibda uzilmay qolganda;
- vafot etgan jismoniy shaxsning merosxoʻri boʻlmaganda yoki merosxoʻr (merosxoʻrlar) meros olish huquqidan voz kechganda;
- soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganligi toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
- chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli soliq qarzi toʻlanmaganda.
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
- soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega tegishli soliq organlari;
- soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
- soliq qarzini hisobdan chiqarish va uning hisobini yuritish tartibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.09.2020 yildan kuchga kiradi.
Bahodir QAYuMOV