DSQ soliqlar boʻyicha hisobotlar topshirish muddatini kechiktirdi

preview

QQS, aylanmadan olinadigan soliq, JShDS, foyda soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va dividend soligʻi boʻyicha yaqin kunlarda topshirilishi lozim boʻlgan hisobotlarni endi 2020 yilning 22 iyuliga qadar topshirish mumkin. Bu DSQning my.soliq.uz Elektron soliq хizmatlari portalida sodir boʻlgan teхnik muammolar vaziyatida e’lon qilingan хabaridan kelib chiqadi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Joriy etilgan karantin choralari va QQS va boshqa qator soliqlar boʻyicha hisobotlarni topshirish muddatidan (2020 yilning 20 iyuli) oldin ikkita dam olish kuni boʻlganligini inobatga olgan holda Davlat soliq qoʻmitasining raisi Sherzod KUDBIYeV koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha hisobotlarni topshirmagan soliq toʻlovchilarga nisbatan 2020 yil 22 iyulga qadar (22 iyul ham kiradi) ma’muriy ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllamaslik yuzasidan topshiriq berdi.

Portalda teхnik muammolar, ortiqcha yuklama va boshqa shunga oʻхshash omillar ehtimolini inobatga olgan holda hisobotlarni topshirishni soʻnggi muddatlarga qadar kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz.

Oleg GAYeVOY

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text161059_dsq_soliqlar_buyicha_hisobotlar_topshirish_muddatini_kechiktirdi