Ijaraga beruvchi JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllaydi

preview

2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar jismoniy shaxslar koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi . Ushbu imtiyozni qanday qoʻllashni DSQning katta soliq inspektori Dildora HOShIMOVA tushuntirdi:

- Agar ijara shartnomasi jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan boʻlsa, hammasi avtomatik ravishda roʻy beradi. Ijaraga beruvchi imtiyozni qoʻllash uchun hech narsa qilishi zarur emas. Soliq toʻlovchilar va ular tomondan toʻlangan soliqlar hisobi yuritiladigan dasturda 2020 yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha JShDS hisoblash funksiyasi oʻchirilgan.

Agarda ijaraga beruvchi – jismoniy shaxs, uning mijozi yuridik shaxs boʻlsa, yuridik shaxs:

  • JShDS ushlab qolmasligi kerak;
  • JShDS boʻyicha soliq hisobotini toʻldirish chogʻida soliq summasini imtiyoz boʻlimida koʻrsatishi zarur.

Manbaga qarang.

Imtiyozlar: soliq hisobi — maslahatlar Imtiyozlar Imtiyozlar (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text161242_ijaraga_beruvchi_jshds_buyicha_imtiezni_qanday_qullaydi