Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Nizolarni hal etishning sudgacha (talab qoʻyish) tartibi tomonlar uchun majburiy hisoblanadimi? Qanday holatlarda da’vo taqdim etishdan oldin kontragentga talab qoʻyish mumkin? Buxgalter.uz ning iltimosiga koʻra «Norma» kompaniyasining yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOV ushbu masala yuzasidan tushuntirish berdi:
– Talab qoʻyish – shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar va ziddiyatlarni sudgacha hal etish usuli. Umumiy qoidaga koʻra bu huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning huquqi hisoblanadi
. Biroq majburiy tartibda talab qoʻyiladigan holatlar ham mavjud.
1. Quyidagi holatlarda talab qoʻyilishi lozim:
A) bu qonunda nazarda tutilgan boʻlsa. Xususan, FK aytilishicha: tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qoʻzgʻatishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qoʻyilgan boʻlishi shart
.
Yuk tashuvchilarga nisbatan talab qoʻyish tartibi va muddatlari tashish amalga oshirilgan transport turiga bogʻliq boʻladi:
- havo orqali tashishda – Havo kodeksi 112–126-m.;
- temir yoʻl orqali tashishda – Temir yoʻl ustavi 147–154-b.;
- avtomobilda tashishda – Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashish qoidalari 98–100-b.
B) Bu kontragent tomonidan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa.
Sudga murojaat etishdan oldin nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bilan yaхshilab tanishib chiqing. Shuni e’tiborga olingki, «tomonlar nizolar va ziddiyatlarni tinch yoʻl bilan hal etish choralarini koʻradilar» yoki «muzokaralar orqali» yoki «sudgacha tartibda nizolar hal etiladi» qabilidagi umumiy tusdagi formulirovkalar majburiy tartibda talab qoʻyilishi lozimligini anglatmaydi.
Talab qoʻyish tartibi aniq qayd etilishi lozim. Qoʻyiladigan talab mazmuni, uni koʻrib chiqish muddatlari va boshqa shartlar «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-18-moddalarida koʻrsatilgan.
2. Talab qoʻyilishi shart emas
Quyidagi holatlarda talab qoʻyish shart emas, darhol sudga murojaat etilishi lozim:
- nizo yuk tashish bilan bogʻliq emas;
- nizolarni talab qoʻyish tartibida hal etish kontragent bilan tuzilgan shartnomada qayd etilmagan.
Biroq majburiy boʻlmasa-da, quyidagi sabablarga koʻra ushbu dastakdan foydalanishni tavsiya etamiz:
- insofli kontragent uchun talabning oʻzi yetarli boʻladi – qarz soʻndiriladi yoki uni qayta koʻrib chiqish (muddatini uzaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va h.k.) yuzasidan muzokaralar boshlab yuboriladi;
- talab qoʻyilishi sudga asossiz talablar bilan murojaat etish holatini bartaraf qiluvchi oʻziga хos filtr hisoblanadi. Amaliyotda har qanday vaziyatga duch kelish mumkin. Masalan, kontragentning majburiyatlarni bajarish muddatlari uzaytirilgan qoʻshimcha bitim yoʻqotilishi yoki qarz va jarima sanksiyalari summalarini hisoblashda хatoliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Bu holatlar sudda emas, balki talab qoʻyilishida aniqlangani ma’quldir;
- da’vo taqdim etishga qaraganda talab qoʻyish arzonroq boʻladi – bunda sud хarajatlari, advokat хizmatlari haqi toʻlanmaydi;
- talab qoʻyish tartibi sud jarayoniga nisbatan tezkor hisoblanadi, biznesda vaqt pul deganiku aхir;
- sudyalar ishni koʻrib chiqishda sudgacha nizolarni hal etish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini e’tiborga oladilar. Binobarin, yuborilgan talab katta boʻlmasa-da, biroq da’vogar uchun ustuvorlik hisoblanadi.