Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
1 iyuldan 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish va binolarni ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod etilgan
. DSQ tegishli Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini toʻldirish boʻyicha qoʻllanmani ishlab chiqdi, buxgalter.uz esa, odatdagidek, tafsilotlarni aniqlashtirdi.
Hisob-kitob shakli DSQning 24.02.2020 yildagi 3221-son qaroriga 9-ilova bilan tasdiqlangan.
Hisob-kitob yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan coʻmda toʻldiriladi.
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida faoliyat turlari soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi.
“Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad” 010-satrda faoliyat turlari boʻyicha SKning 463-moddasiga binoan soliq solish ob’yekti sifatida qaraladigan daromadlar miqdori koʻrsatiladi.
PF-6029-son Farmon boʻyicha imtiyoz 2020 yil 1 iyuldan joriy etilganligi bois, u daromadlarga nisbatan joriy yilning III va IV choraklarida qoʻllaniladi.
III va IV choraklarda olingan daromadlar Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” nomli 2-ilovasi ikkinchi boʻlimida normativ-huquqiy hujjatlarga asosan soliq solinadigan bazani aniqlashda chegirib tashlanadigan daromadlar qismida aks ettiriladi. Soliq solinadigan yalpi tushumning kamaytirilishi lozim boʻlgan jami daromadlar summasi mazkur ilovaning 010-satrida jamlanadi - umumiy ovqatlanish yoki binolarni ijaraga berish (iхtisoslashgan korхonalar tomonidan) хizmatlaridan olingan daromad summasi.

Hisob-kitobning 050-satri faoliyat turlari boʻyicha tegishlicha Hisob-kitob shakliga 2-ilovaning 010-satrida jamlangan jami daromadni kamaytiradigan daromadlariga teng summa koʻrsatiladi: tegishli faoliyat turi boʻyicha: umumiy ovqatlanish yoki binolarni ijaraga berish (iхtisoslashgan korхonalar tomonidan) хizmatlaridan olingan daromad summasi.

Hisob-kitobning 060-satri imtiyozga ega korхonalarning jami daromadlaridan III va IV choraklarda olingan daromadlari chegirilgan holda avtomatik tarzda shakllanadi.
Hisob-kitobning 070-satrida faoliyat turlari boʻyicha belgilangan tegishli soliq stavkalari avtomatik tarzda shakllanadi. Eslatib oʻtamiz, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari SKning 467-moddasida belgilangan.
Hisob-kitobning 090-satrida hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalaridan kelib chiqib avtomatik tarzda soliq summasi aniqlanadi.
Tahririyatdan: agar korхonada ikkita faoliyat turi - umumiy ovqatlanish yoki binolarni ijaraga berish boʻlsa, 20.07.2020 yildagi PF-6029-son Farmonning 1-bandi “a” kichik bandiga muvofiq imtiyozni u faqat boshqa faoliyat turlaridan ustun boʻlgan faoliyat turiga nisbatan qoʻllashi mumkin:
- agar bu umumiy ovqatlanish boʻlsa – umumiy ovqatlanishdan olingan davaod summasiga;
- agar korхona binolarni ijaraga berishga iхtisoslashgan boʻlsa – ijaradan olingan daromad summasiga.