Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
MChJ muassislari jamiyat ustav fondini hisobot davri yakunlari boʻyicha koʻrilgan zarar summasiga kamaytirish haqida qaror qabul qildilar. «Norma» eksperti Oleg SOY buxgalter.uz iltimosiga koʻra bunday xoʻjalik operatsiyasi qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi:
– «MChJ ustav fondi albatta kamaytirilishi kerak, agar:
- korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida toʻliq toʻlanmagan taqdirda;
- ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam boʻlib qolsa;
- jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga oʻtgan kundan e’tiboran bir yil ichida taqsimlanmagan yoxud sotilmagan boʻlsa
.
Shuningdek muassislar UFni ixtiyoriy tartibda kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Qoplanmagan zarar summasiga kamaytirish ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda ulushlar miqdorlari saqlab qolinishi kerak.
UFni kamaytirish hujjatlar bilan qanday rasmiylashtiriladi
MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazing. Bayonnoma tuzib, unda quyidagilarni koʻrsating:
- UFni kamaytirishning umumiy miqdori;
- jamiyatning har bir ishtirokchisi ulushini uning hissasiga mutanosib ravishda kamaytirish miqdori.
Qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 30 kun ichida:
- UF kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida barcha kreditorlarni yozma ravishda xabardor qiling;
- UFni kamaytirish toʻgʻrisida OAVda xabar e’lon qiling.
Jamiyat kreditorlari oʻzlariga xabarnoma yoʻllangan yoki xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran 30 kun ichida jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli ekanliklarini nazarda tuting.
Oʻzgartirishlarni tasdiqlab, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga 30 kun ichida quyidagilarni taqdim eting:
- MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori;
- davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
- kreditorlarni xabardor qilganingizning dalil-isboti (kreditorlarning vakillari olganliklari haqida imzo chekkan xabarnomalarning nusxalari yoxud e’lon bosib chiqarilgan gazeta yoki jurnal nusxasi);
- davlat boji toʻlanganligi haqidagi ma’lumotlar yoki bank toʻlov hujjatining nusxasi
.
Buxgalteriya hisobi
Deylik, MChJ ustav fondi 150 000 ming soʻmni tashkil etadi, shu jumladan:
- 40%i – yuridik shaxsning ulushi (60 000 ming soʻm);
- 60%i – jismoniy shaxsning ulushi (90 000 ming soʻm).
Hisobot sanasida korxonaning buxgalteriya balansi:
|
Aktiv
|
Passiv
|
||
|
I boʻlim
|
Summa (ming soʻmda)
|
I boʻlim
|
Summa (ming soʻmda)
|
|
Asosiy vositalar
|
32 100 |
Ustav kapitali |
150 000 |
|
Uzoq muddatli investitsiyalar
|
8 200 |
Taqsimlanmagan foyda (zarar) |
– 39 300 |
|
I boʻlim boʻyicha jami (130-satr)
|
40 300 |
I boʻlim boʻyicha jami (480-satr) |
110 700 |
|
II boʻlim
|
|
II boʻlim
|
|
|
Tovar-moddiy zaxiralar
|
67 200 |
Uzoq muddatli majburiyatlar |
26 800 |
|
Debitorlik qarzi
|
14 600 |
Joriy majburiyatlar |
27 600 |
|
Pul mablagʻlari
|
43 000 |
|
|
|
II boʻlim boʻyicha jami (390-satr)
|
124 800 |
II boʻlim boʻyicha jami (770-satr) |
54 400 |
|
Aktiv boʻyicha jami (400-satr)
|
165 100 |
Passiv boʻyicha jami (780-satr) |
165 100 |
Sof aktivlar = 400-satr – 770-satr = 480-satr = 165 100 – 54 400 = 110 700 ming soʻm.
Sof aktivlar 39 300 ming soʻmlik (150 000 – 110 700) qoplanmagan zarar summasiga UFdan kam. MChJ muassislari UFni ushbu summaga ularning ulushlariga mutanosib ravishda kamaytirish haqida qaror qabul qildilar.
UFning yangi miqdori 110 700 ming soʻmni (150 000 – 39 300) tashkil etadi, shu jumladan:
- 40%i – yuridik shaxsning ulushi (44 280 ming soʻm);
- 60%i – jismoniy shaxsning ulushi (66 420 ming soʻm).
MChJ ta’sis hujjatlaridagi oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadagi buxgalteriya provodkalari:
|
Xoʻjalik operatsiyasi |
Summa (ming soʻmda) |
Debet |
Kredit |
|
UF MChJ ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan kamaytirildi (ishtirokchilar kesimida)
|
39 300 |
8330-«Pay va ulushlar» |
8720-«Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)» |
Soliq oqibatlari
UF qoplanmagan zarar summasiga kamaytirilganda korxona uchun ham, MChJ ishtirokchilari uchun ham soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi».
![]()