ACCA Oʻzbekiston uchun sentyabrdagi imtihonlarni bekor qildi

preview

COVID-19 bilan yuzaga kelgan murakkab vaziyat munosabati bilan  ACCA Oʻzbekiston va Qozogʻistonda 2020 yil sentyabr oyida rus tilida «Moliya va biznesni boshqarish» va ASSA DipIFR-Rus imtihon sessiyalarini oʻtkazmaslikka qaror qildi. Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi.

- ASSAning Qozogʻiston Respublikasidagi filiali menejeri Janna ISKENOVAning ma’lum qilishicha, sessiyalarni bekor qilishga doir qaror ASSA hamkorlari, xodimlari va talabalari xavfsizligi va salomatligi toʻgʻrisida xavotirlik bois qabul qilingan.

Roʻyxatdan oʻtgan talabalar yaqin vaqtda dekabrdagi sessiyaga qayta roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida taklif oladilar, ularning MyACCA akkauntlariga imtihonlar uchun amalga oshirilgan toʻlovlar qaytariladi. ASSAning xabar qilishicha, talabalar avtomatik tarzda qayta roʻyxatdan oʻtkazilmaydilar.

DipIFR imtihoni  2020 yil dekabr oyida kompyuter formatida oʻtkaziladi. Imtihon sanasi – 11 dekabr. Hozirgi vaqtda oʻquv-uslubiy dastur aniqlashtirilmoqda.

Dekabrdagi sessiyaga boruvchi nomzod 19 oktyabrga qadar dastlabki onlayn roʻyxatdan oʻtishi kerak, sababi hujjatlarning muvofiqligini tekshirishga 10 kungacha muddat talab etilishi mumkin. Dekabrdagi sessiya imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning eng soʻnggi muddati – 2 noyabr.

«Moliya va biznesni boshqarish» ASSA diplomi imtihonlari (rus tilida) ham dekabr oyiga koʻchiriladi. Dekabrdagi sessiya imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning eng soʻnggi muddati – 2 noyabr.

Quyidagi telefon raqami orqali savollar berish mumkin: +7 (727) 312-23-59 (dushanba-juma 14:00 dan 22:00 gacha Nur-Sulton boʻyicha) Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Oʻzbekistondan qoʻngʻiroqlar uchun. Yoki - E-mail orqali: accadiploma@accaglobal.com. 

 

Eslatib oʻtamiz
ASSA DipIFR-Rus diplomini olish uchun «Norma» Professional rivojlanish markazida imtihonga tayyorlanish mumkin. Bu yerda dastur va oʻqitish shartlari bilan tanishish mumkin.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text161468_acca_uzbekiston_uchun_sentyabrdagi_imtihonlarni_bekor_qildi