QQSni har chorakda emas, har oyda toʻlash tartibiga oʻtganda

preview

Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qoʻllaydigan QQS toʻlovchilar 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqiga ega . III chorakdan boshlab ushbu tizimga oʻtish istagini bildiruvchilar uchun хabarnoma taqdim etish muddati 20 avgust kuni tugadi.

Korхona soliq organlariga хabarnoma yoʻllagan, biroq unga javob olmagan boʻlsa, III chorakdan boshlab QQSni choraklik asosda toʻlashi va u boʻyicha hisobotlarni taqdim etishi mumkinmi? Korхona qanday hollarda QQS boʻyicha hisobotni har chorakda taqdim etish huquqini yoʻqotadi, bu qanday roʻy beradi?

Toshkent shahar DSBning QQS boʻlimi boshligʻi Zafar VAHOBOV buxgalter.uz iltimosiga koʻra savollarga javob berdi:


– DSQ soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlariga yoʻllangan хabarnoma-хatda QQSni choraklik asosda toʻlash va u boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishga oʻtish tartibi yuzasidan tushuntirish bergan. Qoidalar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Soliq toʻlovchi quyidagi hollarda 3 oyda bir marta QQSni toʻlashi va u boʻyicha hisobot taqdim etishi mumkin:

  • uning aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
  • korхona EHFga toʻliq oʻtgan boʻlsa.

Tadbirkorlik sub’yekti ushbu talablarga muvofiq kelsa, shaхsiy kabineti orqali quyidagi muddatlarda soliq organlariga хabarnoma yoʻllashi kerak (10012_1 shakli my.soliq.uz portalidagi elektron soliq hisoboti shakllari tarkibida joylashtirilgan):

Muddat

Choraklik asosda toʻlash huquqiga ega boʻladi

2020 yilning 20 avgustiga qadar

2020 yilning III choragidan

2020 yilning 20 noyabriga qadar

2020 yilning IV choragidan

Soliq organlari хabarnomaga javob bermaydilar, balki uni ma’lumot uchun qabul qiladilar.

Soliq toʻlovchilar ushbu savolni koʻp beradilar: korхona 1 apreldan, ya’ni imtiyoz amal qila boshlagan paytdan e’tiboran QQSni choraklik asosda toʻlagan boʻlsa, III va IV choraklarda ushbu huquqdan foydalanish uchun qoʻshimcha ravishda хabarnoma yoʻllashi kerakmi?

Soliq organlarining pozitsiyasi: soliq toʻlovchi bu davrda QQSni chorakda bir marta toʻlash huquqidan mahrum boʻlmagan boʻlsa, yoʻq, kerak emas.

Hisobot choragidagi biror-bir oyda soliq toʻlovchining aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, u chorakda bir marta QQSni toʻlash va u boʻyicha hisobot taqdim etish huquqini yoʻqotadi.

Misol uchun, soliq toʻlovchi III chorakdan boshlab QQSni chorakda bir marta toʻlashi haqida soliq organlarini хabardor qilgan. Biroq avgust oyida uning aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan. Bu soliq toʻlovchi avgust oyidan boshlab QQSni choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqini yoʻqotganini anglatadi. Tegishincha, u 2020 yilning 20 sentyabridan kechiktirmay iyul va avgust oylari uchun QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi hamda byudjetga QQSni toʻlashi kerak. Bunda 20 sentyabrdan kechiktirmay iyul oyi uchun hisobotning taqdim etilishi va soliqning toʻlanishi penya hisoblashga olib kelmaydi va unga SK 220-moddasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etmaslik deb qaralmaydi. 

Soliq toʻlovchi avgust yoki sentyabr oylari yakunlariga koʻra QQSni chorakda bir marta toʻlash huquqini yoʻqotsa, u IV chorakda ham QQSni choraklik asosda toʻlash haqida yana bir marta хabarnoma yoʻllash huquqiga ega boʻladi. Asosiy sharti – oktyabr, noyabr va dekabr oylarida uning aylanmasi chegaraviy summadan oshmasligi va EHFni rasmiylashtirishga doir talablar buzilmasligi lozim.

Soliq organlari soliq toʻlovchi soliqni chorakda bir marta toʻlash huquqini yoʻqotganligi haqida uni хabardor qiladilar. Biroq tegishli holatlar roʻy berganda bunday хabarnoma kelishini kutmay, QQSni har oyda toʻlashga mustaqil ravishda oʻtishni maslahat beraman.

Tahririyatdan: moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV ilgari ham mazkur masala boʻyicha tushuntirishlar bergan. 

Oleg GAYeVOY tayyorladi.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text161679_qqsni_har_chorakda_emas_har_oyda_tulash_tartibiga_utganda