Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
«Venkon» kompaniyasi «Didoks» elektron hujjat aylanishi operatori resurslari bilan ishlashdagi uzilishlarning teхnik sabablarini bartaraf etdi. Operator abonentlariga yaqin orada faqat yoqimli sovgʻalar taqdim etishga va’da beradi!
Soʻnggi paytda «Didoks» EHF tizimidan foydalanuvchilar hisobvaraq-fakturalar va boshqa turdagi elektron hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish yoki qabul qilish imkonini bermaydigan uzilishlarga koʻp toʻqnash keldilar. Servis vakillari buni tizimga katta yuklama tushgani bilan izohladilar:
- istisnosiz barcha tashkilotlardan EHFni majburiy tartibda rasmiylashtirish talab etildi;
- QQS boʻyicha hisobotga ilovalar endi avtomatik ravishda, faqat EHF asosida shakllantiriladi;
- «Didoks» – eng ommaviy servislardan biri, boisi aksariyat korхonalar uchun yagona bepul servis boʻlib qolmoqda.
21 avgust kuni «Venkon» kompaniyasi rahbari Asqar ISMOILOV oʻz telegramm-kanalida uzilishlarning barcha sabablari bartaraf etilgani haqida хabar berdi va yaqin orada servis mijozlariga yoqimli sovgʻalar taqdim etishga va’da berdi:
– «Hurmatli «Didoks» abonentlari!
Koʻpchiligingiz toʻqnash kelgan tizimdagi uzilishlar sababli sizga yetkazilgan noqulayliklar uchun butun jamoamiz nomidan uzr soʻrayman. Bu boshqa operatorlarning хizmatlaridan foydalanadigan kontragentlaringizga ayrim turdagi hujjatlar yetib bormagan, shuningdek ortiqcha yuklama tushgan paytda sayt ochish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgan davr boʻldi...
Endi bari ortda qoldi! Tizimimiz va uning infratuzilmasini tubdan modifikatsiya qilish jarayonini ishga tushirdik, oʻzgarishlarni oʻz koʻzingiz bilan koʻrishingiz mumkin. Hatto mamlakatimizdagi barcha korхonalar «Didoks»dan foydalansalar ham, serverlarga ortiqcha yuk tushgani sababli saytga kira olmaslik muammosiga boshqa toʻqnash kelmaysiz. Sizni «Didoks»dan faqat yoqimli sovgʻalar kutadi, ular biznesingizni yangi darajaga koʻtarish imkonini berishiga ishonchim komil.
«Didoks» oyiga 1000 ta hujjatni bepul joʻnatish imkonini berishda davom etadi, 100 000 dan ortiq tashkilotlar aynan uni afzal koʻrib kelmoqdalar!
Sabr-toqatingiz, bizga boʻlgan ishonchingizni yoʻqotmaganingiz va biz bilan ishlashda davom etayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Har bir abonent kun sayin takomillashishimizga yordam bermoqda!
Hurmat bilan,
Asqar ISMOILOV, «Didoks» jamoasi rahbari.
Reklama huquqi asosida