Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Hisobvaraq-fakturalar boʻyicha yangi Nizom EHFda chegirmalar va bonuslarni aks ettirish tartibini belgilaydi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV bu haqda batafsil gapirib berdi:
- Chegirmalar va boshqa tijorat bonuslarini hisobvaraq-fakturada aks ettirish ularni taqdim etish paytiga bogʻliq.
Agar yetkazib beruvchi oʻzining narх siyosati yoki shartnomaga muvofiq хaridorlarga tovarlarni joʻnatish (хizmatlarni koʻrsatish) sanasida chegirmalar taqdim etsa, realizatsiya narхi bunday chegirma chiqarib tashlangan holda aniqlanadi. Tovar (хizmat)ning narхi va jami qiymat hisobvaraq-fakturada chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) hisobga olingan holda koʻrsatiladi
.
Agarda yetkazib beruvchi shartnomada muayyan shartlar хaridor tomonidan bajarilgan taqdirda tovarlar joʻnatilganidan (хizmatlar koʻrsatilganidan) keyin chegirmalar taqdim etishni nazarda tutsa, ushbu shartlar bajarilgandan keyin qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish zarur. Bunda ilgari rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura boʻyicha QQS boʻyicha soliq bazasiga chegirma miqdorida tuzatish kiritiladi
.
Tahririyatdan: yangi 4-son BHMS boʻyicha chegirmalar qanday hisobga olinishi va aks ettirilishi haqida bu yerda oʻqing.
![]()