QQS salbiy farqi qanday qaytariladi

preview

QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. buxgalter.uz iltimosiga koʻra moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV oʻzgarishlar haqida batafsil soʻzlab berdi:


– Qoplanishi (qaytarilishi) lozim boʻlgan soliq summasi deganda Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobga olinadigan soliq summasi oʻrtasidagi salbiy farq tushuniladi .

QQS summasini qoplash toʻgʻrisidagi qaror soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan, yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha esa Hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi .

QQS summasi soliq toʻlovchiga soliq organining ijobiy qarori asosida 60 kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim, QQSni qoplashning tezlashtirilgan tartibi bundan mustasno .

E’tibor bering
Soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarishga, shuningdek chet davlat fuqarolariga soliq summasi oʻrnini qoplashga (TAX FREE) nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi .


Qanday hujjatlar kerak boʻladi

Soliq summasining qoplanishi soliq toʻlovchi tomonidan my.soliq.uz portalidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali hisobga olingan joy boʻyicha taqdim etilgan QQSning qoplanishi lozim boʻlgan summasini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi .

E’tibor bering
Xorijiy davlatlarning OʻzRda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari tomonidan soliq organiga bevosita yoki buyurtma xati bilan pochta, aloqasi xizmati orqali ariza taqdim etiladi .

Ayrim holatlarda xizmatlarni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi deb e’tirof etilmaydi. Mazkur holatlarda kontrakt hamda bank koʻchirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Bunda vositachilik shartnomasiga asosan vositachining (agentning) vositachilik haqi summasi koʻrsatilgan xizmatlar uchun komitent hisobidan vositachiga kelib tushgan summadan ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hisobot (bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma) taqdim etiladi .

Kontrakt va bank koʻchirmasi Internet orqali xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Xizmatlar elektron shaklda koʻrsatilgan boʻlsa, umumqabul qilingan xorijiy amaliyotga muvofiq tuzilgan hisobot va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi .

Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti boʻyicha xizmatlar shaxslarga koʻrsatilganda , arizaga ushbu xizmatlar realizatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ilova qilinadi .

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text162093_qqs_salbiy_farqi_qanday_qaytariladi