Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari va eng qadrli mualliflarimizdan biri – Dilshod SULTANOVni davlat mukofoti – «DOʻSTLIK» ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz!
Portal oʻquvchilari qonun hujjatlari normalarini talqin qilish mushkul boʻlgan har qanday vaziyatda Dilshod Shuhratovichdan batafsil, juda kerakli tushuntirishlarni olishlarini juda yaхshi biladilar va bunga koʻnikib ham ulgurdilar.
Qonunchilikdagi murakkab oʻtish davrida va pandemiya sharoitida ushbu materiallar tufayli soliq toʻlovchilar oʻzlarini birmuncha yengil his qildilar!
Barchamiz uchun qadrli Dilshod Shuhratovich SULTANOVga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli Oʻzbekiston qonunlari va NHH dunyodagi eng takomillashgan hujjatlarga aylanishiga, ayni paytda Dilshod Shuhratovich bilan birgalikdagi hamkorligimiz bardavom boʻlishiga umid qilib qolamiz!
Samimiy tilaklar bildirgan holda,
buxgalter.uz, norma.uz va «Norma» MChJ jamoasi.