Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma nima uchun kerak

preview

2019 yildan JShDSning bir tekis shkalasi joriy etilgan, biroq Soliq kodeksida jismoniy shaxs ilgarigi ish joyidan toʻlangan Daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishi haqidagi talab saqlanib qolgan. «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA bu nima uchun kerakligini tushuntirib berdi:


– 2019 yilgacha JShDS shkalasi progressiv boʻlgan, xodim yil mobaynida asosiy ish joyini oʻzgartirgan taqdirda ilgarigi ish joyidan Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olib kelishi kerak boʻlgan. Aks holda JShDS eng yuqori shkala boʻyicha hisoblab chiqarilar, bu xodimning oʻziga zarar keltirardi.

2019 yildan JShDS shkalasi bir tekis boʻldi, biroq Ma’lumotnomani taqdim etish haqidagi talab saqlanib qoldi. Savol yuzaga keladi – uning taqdim etilmasligi soliq summasiga ta’sir koʻrsatmasa, uni nima sababdan taqdim etish kerak?

Xullas, yangi ishga qabul qilingan xodim dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani yoki STIRni taqdim etmasa, u holda JShDS imtiyozlar qoʻllanilmagan holda ushlab qolinadi:

  • moddiy yordam summalari –MHEKMning 7,5 baravari miqdorida; 
  • boshqa daromadlar boʻyicha imtiyozlar – MHEKMning 1,41 baravari miqdorida.

Ma’lumotnoma va STIR taqdim etilgan taqdirda soliq summasi ilgari asosiy ish joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi .

Bunday vaziyatlarni shartli misollar yordamida koʻrib chiqamiz.

1-misol

2020 yil 15 iyulda korxonadagi asosiy ish joyiga II guruh nogironligi boʻlgan xodim qabul qilingan. Xodim tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etgan.

Xodim 2020 yilda ishga qabul qilinguniga qadar boshqa korxonada ishlagan, biroq ilgarigi ish joyidan Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etmagan. Shu sababli buxgalter 2020 yil iyul oyi uchun ish haqini hisoblayotganda MHEKMning 1,41 baravarini chegirish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllamagan (957 855,3 soʻm (679 330 x 1,41)) .

Avgust oyida xodim ilgarigi ish joyidan Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olib kelgan. Endi buxgalter avgust oyi uchun ish haqini hisoblayotganda imtiyozni va ilgarigi ish joyida olingan daromadni inobatga olgan holda j.y. iyul oyi uchun ilgari ushlab qolingan soliqni qayta hisob-kitob qiladi.

2-misol

Yangi ishga qabul qilingan xodim qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam olgan.

Korxona qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun barcha xodimlarga 5 mln soʻm miqdorida moddiy yordam toʻlashga qaror qilgan. Buxgalter imtiyozni qoʻllab, hammaning plastik kartasiga moddiy yordam summasini toʻliq oʻtkazib bergan .

Biroq xodimlar orasida yangi ishga qabul qilingan, ilgarigi ish joyidan Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma taqdim etmagan xodim bor edi. Buxgalter unga moddiy yordam toʻlayotganda imtiyozni qoʻllamasligi kerak edi.

Avgust oyida buxgalter ushbu xatoga yoʻl qoʻyganini bilib qoldi.

Diqqat
Xodim oy oxirigacha ilgarigi ish joyidan Daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etmasa, buxgalter j.y. avgust oyi uchun ish haqini hisoblayotganda toʻlangan moddiy yordam summasidan JShDS ushlab qolib, byudjetga toʻlashi kerak boʻladi.

Bunda ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli boʻlgan summaning 50%idan ortib ketmasligi lozim .

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text162193_daromadlar_tugrisidagi_malumotnoma_nima_uchun_kerak