MHXS boʻyicha bepul bazaviy bilimlarni qanday va qayerda olish mumkin

preview

“Norma” PRM Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida ifrs.academy saytida “MHXS asoslari” bepul onlayn-kurslarini oʻzbek va rus tillarida tashkil etadi.

Kurs quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • vebinarlar shaklida 60 akademik soat onlayn-ma’ruzalar;
  • 10 akademik soat maslahat vebinarlari;
  • nazoratning joriy, oraliq va yakuniy shakllari;
  • vebinarlar yozuvlari, oʻquv materiallari, testlar va masalalar joylashtiriladigan  ifrs.academy onlayn-platformasiga erkin kirish.

14 va 16 sentyabr kunlari soat 17.30 da yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan mashgʻulot boshlanadi, unda siz:

  • “MHXS asoslari” kursi oʻzida nimani namoyon qilishi, u kimlar uchun moʻljallanganligi va undan oʻtish uchun nimalar zarurligini;
  • ifrs.academy platformasida bepul oʻqish uchun nima qilish lozimligini;
  • oʻqitish jarayoni qanday oʻtishini;
  • kursdan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni kimlar olishini bilib olasiz.

Yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan mashgʻulotga bu yerda yozilish mumkin.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text162679_mhhs_buyicha_bepul_bazaviy_bilimlarni_qanday_va_qaerda_olish_mumkin