Tovarlarning vositachilik shartnomasi boʻyicha sotilishi qanday hisobga olinadi

preview

Korxonalar tayyor mahsulot yoki tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida vositachilar bilan vositachilik shartnomasini tuzib, ularning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. QQS va foyda soligʻini toʻlovchilarda tovarlarning vositachilar orqali sotilishi qanday rasmiylashtiriladi va hisobga olinadi?

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra bu savolga «Norma» eksperti Oleg SOY javob berdi:


– Vositachilik shartnomasi boʻyicha komitent vositachiga oʻz nomidan, biroq komitent hisobidan bitimlarni haq evaziga tuzishni topshiradi . Masalan, vositachi komitentning tovarlarini uchinchi shaxslarga realizatsiya qilib, buning uchun komitentdan haq oladi.

Quyidagi variantlardan birini tanlab, komitent va vositachi oʻrtasida hisob-kitob qilish tartibini vositachilik shartnomasida belgilang:

  • hisob-kitob qilishda vositachining ishtirokisiz;
  • hisob-kitob qilishda vositachining ishtiroki bilan.

Tovarlarning vositachilik shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinishini shartli misol yordamida koʻrib chiqamiz.

Aytaylik, quyidagi shartlar bilan vositachilik shartnomasi tuzilgan:

  • komitent tannarxi 70 000 ming soʻm boʻlgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun vositachiga topshiradi;
  • tovarlarning minimal sotish narxi 115 000 ming soʻm (QQS bilan) miqdorida belgilangan;
  • vositachining vositachilik haqi QQS bilan sotilgan tovarlar minimal narxining 10%ini tashkil etadi. Tovar minimal narxdan yuqoriroq narxda realizatsiya qilingan boʻlsa, vositachi oshgan summaning 50%i miqdorida qoʻshimcha haq oladi;
  • vositachi hisob-kitob qilishda ishtirok etadi. Xaridorlardan pul mablagʻlarini oʻz hisob-kitob raqamiga tushirib, soʻng oʻz haqini chegirib qolgan holda ularni komitentga oʻtkazadi.

Komitent ham, vositachi ham QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi.


I. Tovarlarni topshirish

Komitent realizatsiya qilinadigan tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha vositachiga topshiradi. Bunda tovarlar hali sotilmagani sababli hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilmaydi. 

Komitentdan vositachiga oʻtgan ashyolar komitentning mulki boʻladi . Shu sababli ular realizatsiya qilinadigan paytgacha komitent balansidan hisobdan chiqarilmaydi, balki vositachining balansdan tashqari schyotida hisobga olinadi.


Komitentda buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarlar topshirildi

70 000

2960

2910


Vositachida buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarlar qabul qilib olindi

115 000

004*

 

*Komissiyaga qabul qilingan tovarlar 004-schyotda qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilgan narxlarda hisobga olinadi .


II. Tovarlarni realizatsiya qilish

Hujjatlar bilan rasmiylashtirish

Vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarlarning realizatsiya qilinishini hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bobida belgilangan.

1. Komitentning tovarlari realizatsiya qilinganda vositachi xaridorga oʻz nomidan 2 nusxada hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Bunda «Yetkazib beruvchi» satrida qoʻshimcha ravishda «Vositachi» deb koʻrsatiladi.

2. Tovarlar realizatsiya qilingan oy tugaganidan soʻng 5 ish kunidan kechiktirmay vositachi komitentga hisobot taqdim etishi, unga quyidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak:

  • QQS summalari ajratib koʻrsatilgan holda realizatsiya qilingan tovarlar miqdori va qiymati;
  • vositachilik shartnomasiga muvofiq vositachi amalga oshirgan va komitent qoplaydigan xarajatlar qiymati;
  • vositachining QQSni oʻz ichiga oluvchi haqi summasi;
  • komitentdan olingan avanslar summasi;
  • vositachilik shartnomasini bajarish bilan bogʻliq vositachiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa;
  • shartnomada nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar.

Hisobotga quyidagilarni ilova qilish lozim:

  • shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar va vositachi komitentning tovarlarini realizatsiya qilganini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning nusxalari;
  • xarajatlarni qoplash boʻyicha birlamchi hujjatlar (shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar, haq toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari va h.k. nusxalari).

3. Komitent ushbu hisobot asosida 5 ish kuni ichida vositachi nomiga hisobvaraq-faktura taqdim etadi («qayta taqdim etadi»), unda quyidagilarni koʻrsatadi:

  • realizatsiya qilish sanasi;
  • vositachi xaridorga taqdim etgan hisobvaraq-faktura koʻrsatkichlari. Bunda «Yetkazib beruvchi» satrida qoʻshimcha ravishda «Komitent» deb koʻrsatiladi.

4. Vositachi oʻz navbatida quyidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi:

  • QQSni oʻz ichiga oluvchi oʻz haqi summasiga alohida hisobvaraq-fakturani komitentga taqdim etadi;
  • xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma.


Hisobda aks ettirish

Aytaylik, vositachi komitentning barcha tovarlarini 110 000 ming soʻmlik qiymat (QQSsiz) boʻyicha realizatsiya qildi. QQS 16 500 ming soʻmni (110 000 x 15%) tashkil etadi. Yetkazib berishning umumiy qiymati: 110 000 + 16 500 = 126 500 ming soʻm.

Vositachilik haqi quyidagi miqdorni tashkil etadi:

115 000 x 10% + (126 500 – 115 000) x 50% = 17 250 ming soʻm.

Shu jumladan QQS: 17 250 : 115 x 15 = 2 250 ming soʻm.

QQSsiz vositachilik haqi: 17 250 – 2 250 = 15 000 ming soʻm.

Vositachi komitentga 109 250 ming soʻmlik (126 500 – 17 250) summani oʻtkazishi kerak.


Komitentda buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Realizatsiya qilishdan olingan daromad tan olindi (vositachi hisoboti olinganda)

110 000

4010

9020

Realizatsiya qilingan tovarlar summasiga QQS hisoblandi

16 500

4010

6410

Realizatsiya qilingan tovarlar tannarxi hisobdan chiqarildi

70 000

9120

2960

Vositachiga haq hisoblandi

15 000

9410

6990

Vositachilik haqi boʻyicha QQS aks ettirildi

2 250

4410

6990

Vositachidan pul mablagʻlari kelib tushdi

109 250

5110

4010

Vositachiga haq summasi hisobga olindi

17 250

6990

4010


Vositachida buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Realizatsiya qilingan tovarlar hisobdan chiqarildi

115 000

 

004

Realizatsiya qilingan tovarlar uchun xaridorning qarzi va vositachining komitent oldidagi qarzi aks ettirildi

126 500

4010 (xaridor)

6990 (komitent)

Vositachilik haqi koʻrinishidagi daromad aks ettirildi

15 000

4010 (komitent)

9030

Vositachilik haqi summasiga QQS hisoblandi

2 250

4010 (komitent)

6410

Xaridordan pul mablagʻlari kelib tushdi

126 500

5110

4010 (xaridor)

Vositachilik haqi hisobga olindi

17 250

6990 (komitent)

4010 (komitent)

Komitentga qarz toʻlandi (vositachilik haqini chegirib qolgan holda)

109 250

6990 (komitent)

5110

III. Xarajatlarni qoplash

Vositachilik shartnomasida komitent vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni unga toʻlashi nazarda tutilishi mumkin . Masalan, uchinchi shaxsga toʻlangan yuklarni tashish xarajatlari.

 

Diqqat
Agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida bunday qoplash nazarda tutilmagan boʻlmasa, vositachi oʻz ixtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas .

 

Komitent tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar:

  • vositachi hisobotida va uning haqi summasiga vositachi hisobvaraq-fakturasiga ilova qilinadigan xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatiladi;
  • vositachi tomonidan uning haqi summasiga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilmaydi.


Komitentda buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Qoplanadigan xarajatlar summalari aks ettirildi (vositachi hisoboti olinganda)

9410

6990

Qoplanadigan summalar boʻyicha QQS aks ettirildi

4410

6990

Qoplanadigan xarajatlar summalari hisobga olindi (vositachi hisob-kitob qilishda ishtirok etganda, xarajatlar vositachi komitentga oʻtkazishi lozim boʻlgan summadan ushlab qolinsa) 

6990

4010

Vositachiga xarajatlar toʻlandi (vositachi hisob-kitob qilishda ishtirok etmasa yoki xarajatlar alohida qoplanganda)

6990

5110


Vositachida buxgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Komitent qoplaydigan xarajatlar summalari aks ettirildi

4890 (komitent)

6990 (uchinchi shaxs)

Qoplanadigan xarajatlar summalari hisobga olindi (vositachi hisob-kitob qilishda ishtirok etganda, xarajatlar komitentga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summadan ushlab qolinsa) 

6990 (komitent)

4890 (komitent)

Xarajatlar komitent tomonidan qoplandi (vositachi hisob-kitob qilishda ishtirok etmasa yoki xarajatlar alohida qoplanganda)

5110

4890 (komitent)

Uchinchi shaxsga qarz toʻlandi

6990 (uchinchi shaxs)

5110

IV. Soliq oqibatlari

Komitent uchun

Foyda soligʻi

Komitentning tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadi jami daromad tarkibiga kiritiladi . Daromad QQS va aksiz soligʻini (toʻlovchilarda) chegirib qolgan holda xaridorga tovarlarni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Vositachilik haqi daromaddan chegirib qolinmaydi.

Daromad komitent tomonidan tovar vositachiga topshirilgan paytda emas, balki vositachi tovarni uchinchi tomonga realizatsiya qilgan sanada tan olinadi.

Vositachilik haqi, shuningdek vositachiga qoplanadigan xarajatlar komitentda realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlar deb tan olinadi. Ular hujjatlar bilan lozim darajada rasmiylashtirilganda soliq bazasini hisob-kitob qilish chogʻida chegiriladi .


QQS

Tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda oʻtkazish – QQS solinadigan tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma . Vositachi tovarga boʻlgan mulk huquqini uchinchi tomonga tovarni realizatsiya qilish paytida oʻtkazadi.

Soliq bazasi realizatsiya qilingan tovarlar qiymati miqdorida unga soliqni kiritmasdan aniqlanadi .

Vositachilik haqi boʻyicha, shuningdek qoplanadigan xarajatlar boʻyicha QQS summalarini hisobga olish uchun barcha shartlarga muvofiq kelganda hisobga qabul qilish mumkin .


Vositachi uchun

Foyda soligʻi

Vositachining QQS chegirilgan holdagi vositachilik haqi summasi uning xizmatlar koʻrsatishdan olgan daromadi hisoblanadi. Ushbu daromad jami daromad tarkibiga kiritiladi .

Quyidagilarga vositachining daromadi sifatida qaralmaydi:

  • vositachilik shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan vositachiga kelib tushgan mol-mulk (haq bundan mustasno);
  • komitent tomonidan qoplanadigan vositachilik topshirigʻini bajarish boʻyicha xarajatlar summasi. Bunday xarajatlar vositachida chegirilmaydi .


QQS

Pullik asosda xizmatlar koʻrsatish – QQS solinadigan xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma . Soliq bazasi soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi . Komitent tomonidan qoplanadigan xarajatlar boʻyicha QQS summalari hisobga qabul qilinmaydi, sababi ushbu xarajatlar vositachining xarajatlari hisoblanmaydi.

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text163179_tovarlarning_vositachilik_shartnomasi_buyicha_sotilishi_qanday_hisobga_olinadi