9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlariga yangi Nizomga muvofiq hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish va imzolash muddatlariga rioya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushdi. Buxgalter.uz ham oʻz navbatida eslatib oʻtadi:
Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura 10 kalendar kun ichida sotib oluvchi tomonidan ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilishi shart.
Agar hisobvaraq-faktura ushbu muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan boʻlsa, u tasdiqlangan hisoblanadi
. EHFning avtomat tarzda imzolanishining texnik imkoniyati haqida biz bu yerda yozganmiz. Ushbu mexanizm hali oxirigacha roʻyobga chiqarilmagan, dastur maromiga yetkazilmoqda.
- yuridik shaxs nomidan- rahbar yoki tashkilot nomidan berilgan ishonchnoma yoki boshqa hujjat bilan vakolat berilgan shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan ERIsi orqali;
- yakka tartibdagi tadbirkor nomidan- uning ERIsi orqali;
- jismoniy shaxs nomidan - uning shaxsiy ERIsi orqali amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs ERIga ega boʻlmasa, unga yuborilgan elektron hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda tasdiqlanadi
Bunda, agar hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish va qabul qilish boʻyicha belgilangan muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi
.
Jismoniy shaxsning talabiga binoan yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturani 2 nusxada chop etadi. Bir nusxasini - jismoniy shaxsga taqdim etadi, ikkinchi nusxasini - tovarlar (xizmatlar) olinganligi toʻgʻrisidagi jismoniy shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda – oʻzida saqlaydi.
EHFga qoʻshimcha hujjatlarni ilova qilish mumkin. EHFning tasdiqlanishi ilova qilingan hujjatlarning ham tasdiqlanganligini ifodalaydi
.
Kim EHFni oyda bir marta taqdim etadi?
Hisobvaraq-faktura tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oyning soʻnggi kuni sanasi bilan rasmiylashtiriladi va quyidagilar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10 kuniga qadar taqdim etiladi
:
- elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari;
- temir yoʻlda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashish;
- tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinganda.
- ob’yektlar qurilishida, shu jumladan, ob’yektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda;
- uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning shunga oʻxshash tartibi belgilangan.
Hisobvaraq-faktura muddatida taqdim etilmagan taqdirda qanday yoʻl tutish lozimligi haqida bu yerda oʻqing.
![]()