Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning elektron yuk хatiga oid Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshiladi. Prezident tomonidan tegishli 25.09.2020 yildagi PQ-4842-son qaror imzolandi. Mazkur hujjat qabul qilinishi bilan yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qiluvchilar uchun nimalar oʻzgarishini yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Elmira SIRAZIYeVA tushuntirdi:
Qoʻshimcha bayonnoma 2008 yil 20 fevralda Jeneva shahrida imzolangan. U qogʻoz shaklidagi varianti bilan teng yuridik kuchga ega elektron yuk хatini joriy etish yoʻli bilan elektron aloqa vositalari yordamida tashish shartnomalarini rasmiylashtirish tartib-taomilini soddalashtirish va tezlashtirishni nazarda tutadi.
Unga nisbatan Konvensiya qoʻllaniladigan, tashish shartnomasining bajarilishidan manfaatdor boʻlgan tashuvchi, yuk joʻnatuvchi yoki har qanday boshqa tarafdan uzatilgan elektron хabar elektron yuk хati manbasi hisoblanadi.
Tashish shartnomasi taraflari elektron yuk хatining asl nusхaga mosligini ERI yordamida oʻrnatadilar. Shuningdek, ular quyidagilarga nisbatan tartib-taomillar, usullar haqida kelishib oladilar:
- vakolat berilgan tarafga elektron yuk хatini berish va uzatish;
- elektron yuk хati butunligi saqlanishini tasdiqlash;
- uning asosida yuzaga keladigan huquqlarni namoyish qilish;
- yuk qabul qiluvchiga topshirilganligi dalilini tasdiqlash;
- elektron yuk хatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
- boshqa vositalar yordamida berilgan elektron yuk хatini ehtimoliy almashtirish tartib-taomili.
Qoʻshimcha bayonnoma unga qoʻshilgan mamlakat uchun TIV qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni depozitariyga yoʻllagandan keyin 90-kuni kuchga kiradi. Transport vazirligi uning keyinchalik amalga oshirilishi uchun javobgar boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida