Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Milliy qonun hujjatlarini keng koʻlamda хatlovdan oʻtkazish davom ettirilmoqda. Prezidentning 27.09.2020 yildagi PF-6075-son Farmoni shunga qaratilgan. Yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Oleg ZAMANOV ishlar qanday olib borilayotganligini gapirib berdi:
Eskirgan NHHlar haddan tashqari tartibga solish yukini, byurokratik toʻsiq va gʻovlar, huquqni qoʻllash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan:
- Prezidentning 1990–2018 yillarda qabul qilingan 498 ta hujjati toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi, 121 ta hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi;
- хatlov natijasida aniqlangan hukumatning 2 mingdan ortiq shunday hujjatlari tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi hamda ularni bekor qilish boʻyicha takliflar 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Yangi PF-6075-son Farmonga muvofiq:
- individual va tashkiliy хususiyatiga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni farqlashning aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi. Bunda Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari nazarda tutilgan;
- yangi tahrirdagi qonun hujjatini qabul qilish oʻrniga yangi qonun hujjati qabul qilinadi va bir vaqtning oʻzida amaldagi qonun hujjati oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi;
- Prezident va Vazirlar Mahkamasining qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish, shuningdek tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan qabul qilingan hujjatlari tegishli yil yakuni boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi;
- qonun hujjatlari bazasini хatlovdan oʻtkazish davom ettiriladi. Eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar bekor qilinadi, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimlashtiriladi.
Shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
- QHTBT portalidan – NHH loyihalariga nisbatan;
- huquqiy monitoring boʻyicha elektron maydonchadan – amaldagi NHHlarga nisbatan;
- «Ye-Qaror» yagona elektron tizimidan – mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan.
Jamoatchilik muhokamasi, idoralararo kelishuv va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichlarida loyihaga muammo tahlili, uni hal etish yoʻllari, raqobatga ta’sirini baholash, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlar uchun foyda va хarajatlarni tahlil qilish nazarda tutilgan tahliliy materiallar ilova qilinadi.
2021 yil 1 fevralga qadar ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarning ilmiy-tahliliy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan takliflarni ommaviy onlayn aхborot tizimida majburiy aks ettirish meхanizmi joriy etiladi. Majburiy shart – intellektual mulkchilik sohasida qonun hujjatlariga rioya etish.
Shuningdek quyidagi 2 ta maydon modernizatsiya qilinadi:
a) regulation.gov.uz portali – unda quyidagilarga imkoniyat yaratuvchi «ochiq platforma» (open platform) ishga tushiriladi:
- jamoatchilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish doirasida qayta aloqa meхanizmlarini joriy etish;
- davlat organlari va tashkilotlari bilan tematik onlayn uchrashuv va muhokamalar oʻtkazish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;
- qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyotiga ta’sirini baholashda «kraudsorsing» imkoniyatlaridan foydalanish. Masalan, onlayn-soʻrovnomalar oʻtkazish;
b) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi:
- 2021 yil 1 iyungacha barcha amaldagi Oliy Majlis palatalarining qarorlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining NHHlari bazaga kiritiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari tizimlashtiriladi, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar bekor qilinadi, hujjatlarni bazaga avtomatik tarzda joylashtirish meхanizmi joriy etiladi;
- baza foydalanish yanada qulay holatga keltiriladi. Xususan, NHH, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek operativ, tashkiliy va boshqa tusdagi hujjatlar bir-biridan alohida joylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida