Byudjet tashkiloti boʻlgan sotib oluvchiga EHF qanday taqdim etiladi

preview

Byudjet tashkilotlariga elektron hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish tartib-taomilining xususiyatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMning yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV gapirib berdi:

-“EHF shaklini oching va tegishli maydonga sotib oluvchining STIRini kiriting. Agar sizning kontragentingiz byudjetdan moliyalashtirilsa, shaklda lot raqamini kiritish uchun maxsus maydon paydo boʻladi.

Byudjet tashkilotlari tovarlar va xizmatlarni davlat xaridlari qoidalari boʻyicha maxsus portal orqali xarid qilishadi, unda har bir xaridga lotning noyob raqami beriladi (qoidaga koʻra, u kontrakt nomining oxirida koʻrsatiladi).

Agar shartnoma toʻgʻridan-toʻgʻri sotib oluvchi bilan tuzilsa, kontragentning mas’ul shaxsiga qoʻngʻiroq qilib, lot raqamini bilib olish mumkin.

Lot raqami kiritilgandan soʻng, qolgan satrlar avtomatik tarzda toʻldiriladi. Buxgalter faqat ularga kiritilgan axborotni toʻgʻriligini tekshiradi.

Bunda hisobvaraq-fakturani shakllantiruvchi buxgalterda tovarlar (xizmatlar) soni va QQS stavkasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tahrir qilish imkoniyati mavjud.

Agar sotib oluvchining STIRini kiritish chogʻida shaklda lot raqamini kiritish uchun maydon paydo boʻlmasa, tegishli maydonga qoʻshimcha ravishda sotib oluvchining gʻaznachilik hisobvaragʻi raqamini (27 ta raqam) kiritish zarur. Gʻaznachilik hisobvaragʻi raqamini kontraktda koʻrsatilgan sotib oluvchining rekvizitlarida topish mumkin. Shundan keyin hisobvaraq-fakturada lot raqamini kiritish uchun maydon paydo boʻladi.

Qolgan hollarda byudjet tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha EHFni shakllantirish va joʻnatish taomili odatdagi amaliyotdan hech narsa bilan farq qilmaydi”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.

EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text163571_byudjet_tashkiloti_bulgan_sotib_oluvchiga_ehf_qanday_taqdim_etiladi