Muddatni kechiktirish davrida kreditlar boʻyicha foizlar hisoblanadimi?

preview

Banklarning qarz oluvchilari ularga 2020 yil 1 oktyabrga qadar taqdim etilgan “kredit ta’tillari”dan norozi boʻlib qolishdi. E’lon qilingan muddatni kechiktirish davomida banklar qarz summasiga foizlar hisoblashda davom etishdi. Natijada qarz summasi ushbu davrda oʻsdi. Bu qonuniymi?

Buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha MBning ijro etuvchi apparati rahbari Olimjon ERNAZAROVdan tushuntirish oldi:

- Koronavirus infeksiyasi tarqalishining bank tizimining barqaror faoliyat koʻrsatishiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida kredit tashkilotlariga 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarz oluvchilarning kredit qarzlarini kechiktirish;
  • qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov ta’minoti boʻyicha jarima sanksiyalari hisoblamaslik va undiruv choralari qoʻllamaslik;
  • karantin rejimi amalga kiritilishi munosabati bilan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifatini tasniflashni oʻzgartirmaslik huquqi berildi.

Binobarin, bu muddatni kechiktirish taqdim etilgan davrda kredit boʻyicha foizlar hisoblanmasligini anglatmaydi.

Muddatni kechiktirish davrida kredit resurslaridan foydalanganlik uchun kredit boʻyicha foizlar hisoblash davom etadi. Va – tomonlar kelishuviga binoan kredit toʻlovlarning soʻnggi muddatlarini uzaytirishni inobatga olgan holda – qismlar boʻyicha toʻlanadi.

Shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy asoslarda, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining asoslangan murojaatlari asosida banklar 2020 yil 1 oktyabrdan keyin qarz oluvchilarning kredit qarzlari toʻlovlari boʻyicha muddatni kechiktirishni taqdim etishlari mumkin.

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 62-moddasiga asosan kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.

Prezidentning 12.05.2020 yildagi

“2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoniga asosan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu jumladan -  kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga”.

Tushuntirishning aslini bu yerda koʻrib chiqish mumkin.

Shuningdek, Markaziy bank vakillari AOKA brifinglarida kreditlar boʻyicha muddatni kechiktirishni taqdim etish shartlarini, shu jumladan – foizlar hisoblash bilan bogʻliq jihatlarni tushuntirishgan:

  • kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash hatto kreditni soʻndirish muddatini kechiktirish davrida ham ilgarigidek tarzda davom ettiriladi. Barcha foizlar mazkur davr tugagach toʻlanishi kerak.
  • Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga aholi va korхonalarning pul oqimlari foiz toʻlovlarini qoplamagan taqdirda foizlar toʻlash muddatini kechiktirish toʻgʻrisida tavsiyalar berilgan. Biroq bu 6 oy oʻtgach (2020 yil 1 oktyabr) siz imtiyozli davrda jamgʻarilgan foizlarni toʻlashingiz shartligini anglatmaydi. Ya’ni imtiyozli davr davrida hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlovning yakuniy shartlari uzaytirilishini inobatga olgan holda qolgan toʻlov grafigi davriga teng ravishda taqsimlanadi (manba).

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text163621_muddatni_kechiktirish_davrida_kreditlar_buyicha_foizlar_hisoblanadimi