9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2020 yil III chorak uchun soliq va moliyaviy hisobotlarning “qizgʻin” sanalari yaqinlashmoqda. Buxgalter korxonalarning koʻp xodimlari, jumladan buxgalteriya xizmatlari xodimlari hali ham “masofadan” ishlayotgan vaziyatda barcha zarur hujjatlarni toʻplashiga toʻgʻri keladi. Qanday qilib bunda xatar va xatolarni eng kam darajaga tushirish mumkin?
Buxgalter.uz yordamidan foydalaning:
1. E-fastura elektron hisobvaraq-fakturalar servisi yordamida kim sizga 2020 yil iyul-sentyabr oylari uchun hisobvaraq-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomalarini taqdim etgani, kontragentlardan qaysilariga siz shu davrda ularni taqdim etganingizni tekshiring:
- “Olinganlar” yoki “Joʻnatilganlar” boʻlimini tanlang;
- “Filtr” tugmasiga bosing;
- zarur davrni koʻrsating (masalan, 01.07.2020 y. – 30.09.2020 y.);
- “Izlash” tugmasiga bosing;
- “Excel ga yuklash”ga bosing. Natijada siz qulay Excel formatida olingan va joʻnatilgan EHF va bajarilgan ishlar dalolatnomalari boʻyicha taqqoslash uchun reyestrni olasiz. Uni ShKning ish stolidagi qulay joyga saqlab qoʻying;
Tovarlar, xizmatlarning barcha koʻrsatkichlari toʻgʻri koʻrsatilganligini, tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturalar qilish zarurligini tekshiring
. Ushbu ma’lumotlarni buxgalterlik dasturida hisob ma’lumotlari bilan solishtiring. Oldingi hisobot davri uchun (2020 yil yanvar-iyun) barcha hisobvaraq-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomalari sizda buxgalteriya hisobida oʻtkazilganligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun yuqorida bayon etilgan tarzda olingan va joʻnatilgan EHFlar boʻyicha solishtirish fayl-reyestrini yuklab olish ham mumkin.
2. Buxgalterlik dasturida hisobot davri uchun barcha qolgan birlamchi hujjatlarni oʻtkazing. Buning uchun:
- “masofadan” ishlaganda 2020 yil iyul-sentyabr oylari uchun olingan hujjatlarni tekshiring (fotohisobotlar, Telegram-kanallardagi fayllar, xodimlar sizga pochta orqali joʻnatgan hujjatlarning skrinshotlari: buyruqlar, ish vaqti hisobi tabellari, savdo agentlari hisobotlari, xizmat safarlari va korporativ kartadan mablagʻlarni ishlatish boʻyicha boʻnak hisobotlari va h.k.);
- Hisobot davri uchun “Bank-mijoz” yoki “Internet-banking” tizimlari yordamida hisobvaraqlardagi, shu jumladan KPKdagi mablagʻlar harakati boʻyicha bank koʻchirmasini shakllantiring va tahlil qiling. Asosiy hisobvaraq, ikkilamchi va maxsus hisobvaraqlar, valyuta hisobvaraqlari boʻyicha bank koʻchirmasi va buxgalterlik dasturi ma’lumotlari boʻyicha qoldiqni taqqoslang. Ehtimol, siz nimanidir – qandaydir toʻlovni, hisobvaraqdan bank foizi yoki “Bank-mijoz” tizimi, terminaldan foydalanganlik uchun abonent toʻlovini yechishni va h.kni e’tibordan qochirgandirsiz.
- imkon qadar kontragentlaringizdan hisobot davri uchun elektron shaklda taqqoslash dalolatnomalarini soʻrang va tuzing. Bu juda muhim, sababi oʻtgan hisobot davri uchun soliq organlari va buxgalterlarning oʻzlari shakllantirilgan va tasdiqlangan EHF koʻrsatkichlarida talay xatolarni aniqladilar. Bundan tashqari, endi Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi ham avtomatlashtirilgan rejimga oʻtkazilgan. Ya’ni ushbu soliqni toʻlovchilar QQSni toʻlovchilar singari Hisob-kitobning 010-satri 3-ustuni toʻgʻri toʻldirilishi uchun III chorak uchun EHFni shakllantirishlari zarur. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing.
Sizning realizatsiya qilingan va olingan tovarlar va xizmatlar boʻyicha koʻrsatkichlaringiz kontragentlar koʻrsatkichlari bilan toʻgʻri kelishiga ishonch hosil qiling.
Shuningdek, ehtimol III chorak uchun hisobvaraq-fakturalarning bir qismi sizda faqat qogʻoz shaklida qolib ketgan boʻlishi mumkin. Ularni albatta EHF tizimiga oʻtkazish shart, sababi olingan va joʻnatilgan hisobvaraq-fakturalar reyestrlari (QQS hisob-kitobiga 4 va 5-ilovalar), shuningdek Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi EHF ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Buxgalterlik dasturida hisobot davri uchun ish haqi, dividendlar, xizmat safari pullari va boshqa toʻlovlar hisoblanganligi va toʻlanganligi aks ettirilganligini tekshiring.
Qarz olish va soʻndirish shartnomalarini tahlil qiling. Ular orasida foizsiz yoki “kam foizli” (MBning qayta moliyalash stavkasi – 16%dan past (10 sentyabrga qadar), 10 sentyabrdan boshlab – 14%) olingan qarzlar mavjudligini tekshiring
.
. Imtiyoz qoʻllash tartibi toʻgʻrisida batafsil bu yerda oʻqing.
2020 yilning III choragi uchun, shuningdek oʻsuvchi yakunni hisobga olgan holda 9 oy (2020 yil yanvar-sentyabr) uchun aylanma-saldo qaydnomasini shakllantiring. Unda “qizil rang”lar, kontragentlarning yopilmagan summalari va h.k. boʻlmasligini tekshiring. Buning uchun buxgalteriya hisobvaraqlari boʻyicha qoldiqlarni kontragentlar boʻyicha tahliliy hisob bilan solishtiring (masalan, nomi, shartnoma №) 4000, 4200, 4300, 4700, 4800 i 6000, 6300, 6600, 6700, 6800, 6900 va h.k.;
tannarxni shakllantiring, daromadlar va xarajatlar schyotlarini (9000, 9100, 9300, 9400, 9500, 9600, 9700) yoping.
Shuningdek, barcha hujjatlar, ma’lumotlar registrlari, buxgalterlik dasturi ichki reglament hisobotlari sizda oʻz vaqtida oʻtkazilganligiga – davrni yopish, tannarx va moliyaviy natijalarni shakllanishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ularni shakllantirish davriyligi va ketma-ketligi buzilmaganligiga ishonch hosil qiling.
Xarajatlar tasnifi, ularni tannarxga, realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlarga, ma’muriy va boshqa xarajatlarga toʻgʻri kiritilganligini tekshiring. Foyda soligʻini toʻlovchilar barcha xarajatlar chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlarga toʻgʻri kiritilganligini diqqat bilan tahlil qilishlari zarur. Bunda sizga “Norma” eksperti Natalya MEMETOVAning maslahati yordam beradi.
Foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqaring va hisobda oʻtkazma bilan aks ettiring - Dt 9810 Kt 6410.
3. Agar sizning korxonangiz kichik biznes sub’yektlari jumlasiga kirmasa, 25 oktyabrga qadar 2020 yil III chorak uchun moliyaviy hisobotni – Buxgalteriya balansi va III chorak uchun Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldiring va topshiring
. Kichik korxonalarga mansublik mezonlarini bu yerda aniqlashtirib olish mumkin.
4. Agar karantindan chiqqandan keyin siz oldingi hisobot davrlari uchun hisob ma’lumotlarida xatolarni aniqlagan boʻlsangiz:
Tatyana LIMAREVA,
buxgalter.uz eksperti