Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Agar sotib oluvchi hisobvaraq-fakturani taqdim etilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida tasdiqlamasa yoki sababini koʻrsatgan holda rad etmasa, amaldagi nizomga asosan hujjat tasdiqlangan deb e’tirof etilishi kerak
. Biroq amaliyotda EHF tizimida muddatida koʻrib chiqilmagan hisobvaraq-fakturalar bilan hech nima roʻy bermayapti – ularni rad etish mumkin.
Buxgalter.uz DSQ oʻzining aхborot tizimini imkon qadar tezroq qayta sozlashi kerak deb hisoblaydi, sababi yuzaga kelgan vaziyat qonun hujjatlari normalariga ziddir.
DSQdagi manbaning tasdiqlashicha, ushbu norma teхnik jihatdan ishlamayapti. Idora hisobvaraq-fakturalarning avtomatik tarzda tasdiqlanishidan norozi boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan shikoyatlar oqimiga yoʻl qoʻymaslik uchun yangilikni ishga tushirishni ortga surmoqda.
Mazkur funksional 15 avgustdan – 14.08.2020 yildagi 489-son VMQ kuchga kirgan kundan e’tiboran ishga tushirilishi kerak edi. Normativ-huquqiy hujjatga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilmagan, binobarin, idorada uni amalga oshirishni choʻzib yuborish uchun qonuniy asoslar mavjud emas.
Umid qilamizki, masala yaqin vaqtda hal qilinadi.
DSQda sotib oluvchi kontragentlarning hisobvaraq-fakturalarini 10 kun ichida koʻrib chiqishi shart ekanligiga e’tiborni qaratishdi. Mazkur normaning bajarilmaganligi buхgalteriya hisobi va hisoboti qoidalarini buzish hisoblanadi va MJTKning 175-1-moddasiga muvofiq jazolanadi. Biroq hisobvaraq-fakturalarni koʻrib chiqishni choʻzib yuboradiganlar bilan kurashishning ushbu yoʻli – juda koʻp mehnat talab qiladi va koʻp vaqtni oladi.
Oleg GAYeVOY