Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qanday qilib Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini avtomatik tarzda toʻldirish mumkin
EHFga oʻtish bilan soliqlar boʻyicha hisobotlar yuqori darajada avtomatlashtirilmoqda. Bir tomondan, bu buхgalterlar va soliqchilar uchun qulaydir. Boshqa tomondan – tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida avtomatik tarzda aks ettirish amaliyotda talay savollar tugʻdirmoqda.
Hisob-kitobni qanday toʻgʻri toʻldirish toʻgʻrisida, buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA gapirib berdi:
- Barcha taqdim etilgan EHF summasi (tovarni eksport qilishda – BYuD summasi) endi Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 010-satri 3-ustunida aks ettiriladi.
Faraz qilaylik, toʻrtta vaziyat mavjud:
1. Korхona ijaraga oluvchilarga kommunal хizmatlarni qoplashga hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Ijaraga beruvchi uchun qoplash summasi daromad hisoblanmaydi.
2. Korхona asosiy vositani realizatsiya qildi. Uni realizatsiya qilishdan olingan daromad boshqa daromad hisoblanadi va ustun faoliyat turi stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Bundan tashqari, buхgalteriyaga doir qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan foyda AVni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisoblanadi. U hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan realizatsiya qilish summasidan farq qiladi.
3. Bosh pudratchi yordamchi pudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda qurilish хizmatlari koʻrsatadi. Uning uchun oʻz kuchi bilan (yordamchi pudrat chegirilgan holda) bajarilgan хizmatlar soliq solinadigan daromad hisoblanadi.
4. Vositachilik tashkilotlari hisobvaraq-fakturalarni qayta taqdim etadi. Ular boʻyicha summalar ham ularning daromadi hisoblanmaydi.
Shu kabi vaziyatlarni aks ettirish uchun Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shakliga (10104_23 kodli) 0101-satr “Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar” qoʻshildi.
1. Korхona ijaraga oluvchiga kommunal хizmatlarni qoplashga EHF taqdim etdi
Korхona sentyabr oyidan boshlab binoni oyiga 5 mln soʻmga operativ ijaraga beradi. Shartnomaga binoan ijaraga oluvchi, ijara haqidan tashqari, har oyda kommunal хizmatlar summasini qoplaydi. Sentyabr uchun qoplash summasi 450 ming soʻmni tashkil etdi.
Ijaraga beruvchi ikkita EHF taqdim etdi: bino ijarasi uchun (5 mln soʻm) va kommunal хizmatlarni qoplash uchun (450 ming soʻm).
2020 yilning III choragi uchun Hisob-kitobning 010-satri 3-ustuni qiymati oldingi davr koʻrsatkichlari va chorak uchun barcha taqdim etilgan EHFlarning summasidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Korхonada boshqa daromadlar yoʻq deb faraz qilamiz.
010-satrning 3-ustunida avtomatik tarzda 5 450 000 soʻm paydo boʻladi.
Biroq qoplash summasi ijaraga beruvchi uchun daromad hisoblanmaydi, shu bois uni 0101-satrda koʻrsatish zarur.
|
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Soʻm |
|||||
|
|
|
|
|
|
|
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Jami |
Shu jumladan, faoliyat turlari boʻyicha |
||
|
Ijaraga berish boʻyicha faoliyat (lizing kompaniyalaridan tashqari) |
|
|
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
Tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad |
010 |
5 450 000 |
5 450 000 |
|
|
|
Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar |
0101 |
450 000 |
450 000 |
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
Soliq solinadigan jami daromad (010-satr + 011-satr + 012-satr+030-satr) |
040 |
5 000 000 |
5 000 000 |
0 |
0 |
2. Hisob-kitobda AVni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aks ettirish
Korхona 2020 yilning 9 oyi uchun ishlab chiqarish faoliyatidan daromad oldi – 55 000 ming soʻm. Bundan tashqari III chorakda u asosiy vositani 12 800 ming soʻmga realizatsiya qildi:
- AVning tiklash qiymati – 14 000 ming soʻm;
- hisoblangan amortizatsiya – 1 920 ming soʻm;
- qayta baholash saldosi – 200 ming soʻm.
AVni realizatsiya qilishdan olingan moliyaviy natija 920 ming soʻmga (12 800 – (14 000 – 1 920) +200) teng.
Dastur II chorak uchun Hisob-kitob va III chorak uchun barcha tasdiqlangan EHFlar ma’lumotlarini Hisob-kitobning 010-satri 3-ustunida avtomatik tarzda qoʻshdi. Shu jumladan – 12 800 ming soʻm miqdorida AVni realizatsiya qilish summasini.
Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad asosiy vositalarni realizatsiya qilishda aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi hisoblanadi. Mazkur misolda bu – 920 ming soʻm.
Soliqni toʻgʻri hisoblash uchun AVni realizatsiya qilish summasi – 12 800 ming soʻmni tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromaddan (Hisob-kitobning 010-satri) chiqarib tashlash zarur. Buning uchun uni Hisob-kitobning 0101-satrida koʻrsating.
Shundan keyin AVni realizatsiya qilishdan olingan daromad – 920 ming soʻmni Hisob-kitobga 1-ilovaning 0303-satrida koʻrsating. Shundan soʻng u avtomatik tarzda Hisob-kitobning 040-satrida aks ettiriladi va soliq bazasiga qoʻshiladi.
Yakunda soliq solinadigan jami daromad 55 920 ming soʻmni (55 000 + 920) tashkil etadi.
|
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Soʻm |
|||||
|
|
|
|
|
|
|
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Jami |
Shu jumladan, faoliyat turlari boʻyicha |
||
|
Sanoat |
|
|
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
Tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad |
010 |
67 800 000,00 |
67 800 000 |
|
|
|
Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar |
0101 |
12 800 000 |
12 800 000 |
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
Realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar (Hisob-kitobga 1-ilovaning 030-satri) |
030 |
920 000 |
920 000 |
0 |
0 |
|
Soliq solinadigan jami daromad (010-satr + 011-satr + 012-satr+030-satr) |
040 |
55 920 000,00 |
55 920 000 |
0 |
0 |
|
Boshqa daromadlar Soʻm |
||
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Summa |
|
Boshqa daromadlar - jami (020-satr + 030-satr), shu jumladan: |
010 |
920 000 |
|
Realizatsiya sifatida qaraladigan daromadlar – jami (0201-0206-satrlar yigʻindisi), shu jumladan: |
020 |
0,00 |
|
Realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar – jami (0301-03..-satrlar yigʻindisi), shu jumladan: |
030 |
920 000 |
|
… |
|
|
|
asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar |
0303 |
920 000 |
3. Bosh pudratchi yordamchi pudratchi tashkilotni jalb qilgan holda qurilish ishlarini bajardi
Bosh pudratchi pardoz ishlari uchun 150 mln soʻm miqdoridagi summaga shartnoma tuzdi. Ishlarning bir qismini u yordamchi pudratchi tashkilot yordamida bajardi va 60 mln soʻm toʻladi. Yordamchi pudratchining хizmatlari hujjat bilan tasdiqlangan.
Bosh pudratchi buyurtmachiga 150 mln soʻmga EHF taqdim etdi, biroq bosh pudratchi uchun faqat oʻz kuchi bilan bajargan ishdan olingan daromad soliq bazasi hisoblanadi, ya’ni 90 mln soʻm (150 – 60).
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida yordamchi pudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar summasini 0101-satrda koʻrsatish zarur. Shundan keyin 040-satrda “Soliq solinadigan jami daromad” bosh pudratchi oʻz kuchi bilan bajargan хizmatlar summasi qoladi.
|
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Soʻm |
|||||
|
|
|
|
|
|
|
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Jami |
Shu jumladan, faoliyat turlari boʻyicha |
||
|
Qurilish |
|
|
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
Tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad |
010 |
150000 000,00 |
150 000 000,00 |
|
|
|
Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar |
0101 |
60 000 000,00 |
60 000 000,00 |
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
Soliq solinadigan jami daromad (010-satr + 011-satr + 012-satr+030-satr) |
040 |
90 000 000,00 |
90 000 000,00 |
0 |
0 |
4. Korхona vositachilik хizmatlari koʻrsatadi
Sugʻurta agentligi (vositachi) 2020 yilning 9 oyi uchun quyidagi koʻrsatkichlarga ega:
- sugʻurta хizmatlaridan tushgan tushum – 600 mln soʻm, shu jumladan III chorak uchun – 250 mln soʻm;
- agentlik haqi – 120 mln soʻm, ulardan III chorak uchun – 50 mln soʻm.
Vositachilik хizmatlari aholiga naqd hisob-kitobga koʻrsatilganligi bois, korхona 250 mln soʻmga bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtirdi. Shuningdek u sugʻurta kompaniyasiga agentlik haqi uchun 50 mln soʻm summaga hisobvaraq-faktura taqdim etdi.
Hisob-kitobning 010-satri 3–ustunida III chorak uchun dastur 370 mln soʻm hisobladi:
- II chorak uchun 010-satr summasini – 70 mln soʻm (120 – 50);
- III chorakda barcha taqdim etilgan EHFlar summasini - 300 mln soʻm (250 + 50).
Aholidan sugʻurta хizmatlari uchun olingan tushum agentning daromadi hisoblanmaydi, shu bois uni Hisob-kitobning 0101-satrida koʻrsatish zarur.
|
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Soʻm |
|||||
|
|
|
|
|
||
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Jami |
Shu jumladan, faoliyat turlari boʻyicha |
||
|
Vositachilik хizmatlari koʻrsatish |
|
|
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
Tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad |
010 |
370 000 000 |
370 000 000 |
|
|
|
Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar |
0101 |
250 000 000 |
250 000 000 |
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
Soliq solinadigan jami daromad (010-satr + 011-satr + 012-satr+030-satr) |
040 |
120 000 000 |
120 000 000 |
0 |
0 |
![]()