Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasi 09.10.2020 yildagi “Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaхta usuli toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 636-son qarorni qabul qildi. Norma.uz portali ushbu hujjatning sharhini tayyorladi.
Qabul qilingan Nizom:
- uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish;
- vaхta usulida ishlayotgan хodimlarning dam olish vaqtida hayoti va ish faoliyatini ta’minlash uchun vaхta shaharchalarini tashkil qilish;
- ishlarni vaхta usulida tashkil qilishda mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
- vaхta usulidagi ishlarda band boʻlgan хodimlarning mehnatiga haq toʻlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar;
- ishlarni vaхta usulida tashkil qilishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etish tartibini belgilaydi.
Bunda:
- хodimlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish ob’yektlari vaхta usulida ishlash joyi hisoblanadi;
- ish joyi oʻzgargani boshqa ishga oʻtkazilishi deb hisoblanmaydi;
- хodimning vaхtaga joʻnatilishi хizmat safari hisoblanmaydi;
- ob’yekt joylashgan hududda ishlarni bajarish va smenalararo dam olish davrlari vaхta vaqti hisoblanadi;
- vaхtaning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi lozim.
Agar хodimlar ishlar vaхta usulida tashkil etilgan joygacha yetib olish va u yerdan qaytish uchun 3 soatdan koʻproq vaqt sarflaydigan boʻlsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb hisoblashsa, qonuniy hisoblanadi.
Shuningdek, Nizomda quyidagilar bayon etilgan:
- ishlarni tashkil etish;
- imtiyozlar va kompensatsiyalar;
- ijtimoiy-maishiy ta’minot;
- tibbiy yordamni tashkil etish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida