Vaucherni realizatsiya qilishda QQS qanday hisoblanadi

preview

Vaucher – bu uning egasining vaucher chiqargan shaxsdan nominal qiymatiga teng boʻlgan summada tovarlar yoki xizmatlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjat (yozma, elektron shaklda yoki plastik karta koʻrinishida boʻladi).

«Norma» kompaniyasi eksperti Irina AXMETOVA buxgalter.uz uchun vaucherni realizatsiya qilish qanday hisobga olinishi va QQS qanday hisoblanishi yuzasidan maxsus tushuntirish berdi:

– Vaucherlar aholiga chakana savdo tarmogʻi orqali hamda yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

Emitent kompaniyaning xohishiga koʻra muayyan nominaldagi vaucherlar reklama aksiyasi davomida – savdo tarmogʻidan muayyan summadagi tovarlarni xarid qilishda bonus tariqasida tekin berilishi mumkin.

QQS solish maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etadigan vaucherlarni realizatsiya qilish yoki tekin berish ushbu tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb e’tirof etiladi .


Vaucherni realizatsiya qilish qanday hisobga olinadi?

Xaridor tomonidan tovar yoki xizmatlar haqiqatda keyinroq olinishiga qaramay, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan QQS vaucherni realizatsiya qilish chogʻida hisoblanadi. QQS summasini soliqni hisobga olgan holda vaucher qiymati sifatida hisoblang .

Hisobvaraq-fakturani vaucherni realizatsiya qilish chogʻida rasmiylashtiring. Bunda vaucher boʻyicha haqiqatda tovarlar berilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtirilmaydi.

Vaucherni realizatsiya qilish chogʻida korxonada unda koʻrsatilgan summada kreditorlik qarzi (olingan avans) yuzaga keladi. Bunday avanslarni hisobga olish uchun 6310 yoki 6390-schyot boʻyicha «Vaucherlar boʻyicha olingan avans» subschyotini oching. Ushbu qarzdorlik vaucher egasiga tovarlar yoki xizmatlarni taqdim etish orqali soʻndiriladi.

Misol
QQS toʻlovchi korxona vaucherni realizatsiya qiladi
QQS toʻlovchi korxona vaucherlarni realizatsiya qiladi, ularning egalari kelgusida tovar olishlari mumkin boʻladi. Bir vaucherning qiymati – 115 ming soʻm. U boʻyicha realizatsiya qilinadigan tovar tannarxi – 70 ming soʻm.
Buxgalteriya hisobida vaucherni realizatsiya qilish va u boʻyicha tovarni hisobdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Vaucher realizatsiya qilingan sanada

Realizatsiya qilingan tovar hisobga olindi (xaridordan pul mablagʻlari kelib tushdi)

115

5010

5110

6312

QQS hisoblandi

15

6312

6410

Vaucher egasiga tovar berilgan sanada

Vaucher boʻyicha tovarni realizatsiya qilish aks ettirildi

(115 - 15)

100

6312

9020

Realizatsiya qilingan tovar tannarxi hisobdan chiqarildi

70

9120

2910

2920

Muddatli vaucherlar boʻyicha ularning amal qilish muddati tugagach soʻndiriladigan vaqti keladi. Vaucher saqlovchilar unda koʻrsatilgan muddatda tovarlarni (xizmatlarni) olish uchun tashrif kelmaganlarida shunday holat yuzaga keladi. Mazkur holatda olingan avanslarni boshqa daromadlar tarkibiga hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtiring.

Muddatsiz vaucherlar da’vo muddati tugaganidan keyin soʻndiriladi.

Umumiy da’vo qilish muddati – 3 yil. Qonun hujjatlarida ayrim turdagi talablar boʻyicha maxsus da’vo qilish muddatlari – umumiy muddatga nisbatan qisqartirilgan yoki yanada uzaytirilgan holda belgilanishi mumkin .

Misol
QQS toʻlovchi korxona tomonidan muddatida topshirilmagan vaucherlar soʻndiriladi
QQS toʻlovchi korxona vaucherni (muddatli va muddatsiz) realizatsiya qildi, ular boʻyicha egalari tovar olishi kerak. 1 150 ming soʻmlik qiymatdagi muddatli vaucherlar amal qilish muddati tugaydigan paytga kelib soʻndirish uchun taqdim etilmagan. Ushbu muddat tugaganidan keyin korxona vaucherlarni realizatsiya qilish chogʻida byudjetga toʻlangan QQS summasini chegirgan holda, ular uchun olingan avansni hisobdan chiqaradi.
Xuddi shunday tartibda da’vo muddati tugaganidan keyin korxona 575 ming soʻmlik muddatsiz vaucherlarni ham soʻndiradi.
Buxgalteriya hisobida muddatida soʻndirish uchun taqdim etilmagan vaucherlar quyidagicha aks ettiriladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Muddatli vaucherning amal qilish muddati tugaydigan sanada

Muddatida taqdim etilmagan vaucherlar amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan soʻndirildi

(1 150 : 115 x 100)

1 000

6312

9360

Da’vo muddati tugaydigan sanada (3 yil)

Taqdim etilmagan muddatsiz vaucherlar da’vo muddati tugashi munosabati bilan soʻndirildi (3 yil)

(575 : 115 x 100)

500

6312

9360

 


Vaucher tekin berilishi qanday hisobga olinadi?

Vaucher tekin berilishi iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan boʻlsa, u QQS solish maqsadlarida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi  . Bunday berishda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi shart emas.

E’tibor bering

Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb e’tirof etiladi :

1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa;

2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;

3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.

Korxona reklama aksiyasi davomida vaucherlarni tekin tarqatsa yoki muayyan summadagi tovarlar (xizmatlar) olinayotganda bonus tariqasida bersa, bu iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi. Aksiya doimiy xaridorlar va mijozlarni ragʻbatlantirish, yangilarini jalb etish bilan sotuvlar hajmini oshirish orqali tadbirkorlik faoliyatini ta’minlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Ushbu holatlarda vaucherlarni berishda QQS boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi.

Misol
QQS toʻlovchi korxona vaucherlarni xaridorlarga bonus tariqasida beradi
QQS toʻlovchi savdo korxonasi yirik maishiy texnika xaridoriga 300 ming soʻmlik vaucherni kichik texnika sotib olish uchun bonus sifatida beradi. Xaridor undan foydalandi va tannarxi 200 ming soʻm boʻlgan kichik maishiy texnikani oldi.
Xaridorlarga vaucherlarni tarqatish boʻyicha aksiya daromadni oshirishga qaratiladi, sababi - xaridorlarni yirik maishiy texnikani sotib olishga ragʻbatlantiradi. Shu bois bunday tarzda vaucherlarni, tegishincha ular boʻyicha tovarlarni tekin berishni iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb hisoblash mumkin. Bunda realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuzaga kelmaydi.
Buxgalteriya hisobida vaucher boʻyicha tovar berilishi quyidagicha aks ettiriladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Vaucher boʻyicha tovar berilgan sanada

Xaridor tomonidan vaucher boʻyicha olingan tovar tannarxi (savdo reklamasi xarajatlari) hisobdan chiqarildi

200

9410

2910

2920

Tekin berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlash shartlariga javob bermaydigan boʻlsa, vaucherni berishda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va vaucher qiymatidan soliq summasini chiqarib QQS hisoblanadi .

E’tibor bering
Tovarlar tekin berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda), agar bu iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamaydigan boʻlsa, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda QQS hisoblanadi .
Misol
QQS toʻlovchi korxona vaucherlarini sobiq xodimlari – pensionerlarga beradi
QQS toʻlovchi savdo korxonasi sobiq xodim – pensionerga 300 ming soʻmlik vaucherni oʻz firma doʻkonlarida ushbu summadagi kichik maishiy texnikani olish uchun beradi. Pensioner vaucherdan foydalandi va doʻkonlardan birida tannarxi 200 ming soʻm boʻlgan kichik maishiy texnikani oldi.
Bunday tarzda vaucherni tekin berishda QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuzaga keladi, sababi u iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamaydi. Vaucher boʻyicha beriladigan tovarning bozor qiymatidan kelib chiqib QQS hisoblanadi (300 ming soʻm).
Buxgalteriya hisobida vaucher boʻyicha tovar olinishi quyidagicha aks ettiriladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Pensionerga vaucher berilgan sanada

QQS hisoblandi (300 : 115 x 15)

39,1

9430

6410

Vaucher boʻyicha tovar berilgan sanada

Pensioner tomonidan vaucher boʻyicha olingan tovarning tannarxi hisobdan chiqarildi

200

9430

2910

2920

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text164140_vaucherni_realizaciya_qilishda_qqs_qanday_hisoblanadi