SORJ qanday hisoblab chiqariladi va toʻlanadi

preview

Soliq organlarining ma’lumotnomalari va hujjatlarida “SORJ” atamasini uchratish mumkin. Soliq kodeksida bu haqda hech narsa aytilmagan. Buxgalter.uz iltimosiga binoan bu soʻzning ahamiyati haqida DSQ Byudjet daromadlarini prognozlashtirish boshqarmasi katta inspektori Diana MOʻMINOVA soʻzlab berdi:

- SORJ – bu soliq emas va hatto toʻlov emas, balki - DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasiga undirib olingan jarimalar va penyadan ajratmadir. U 12.01.1998 yildagi 14-son VMQning 5-bandi asosida amalga oshiriladi va ikki turda boʻladi:

  • SORJ-99 –soliq tekshiruvi natijasida SK va MJTK asosida solingan sanksiyalarning 40%i miqdorida;
  • SORJ-199 – soliqlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganda hisoblangan penyaning 40%i miqdorida ajratma .

SORJni soliq organlarining aхborot tizimi hisoblab chiqaradi.

Soliq toʻlovchi soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz mavjud/mavjud emasligini soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida shaхsiy kartochkada tekshirishi mumkin. Jismoniy shaхs, agar unda jismoniy shaхsning shaхsiy ERI (elektron raqamli imzosi) mavjud boʻlmasa, hisobga olingan joydagi soliq inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Penya boʻyicha qarzni soʻndirish zarur.

Agar SORJ boʻyicha savollar boʻlsa, soliq organlari inspektorlariga yoki soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali murojaat qiling.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar /oz/publish/doc/text164153_sorj_qanday_hisoblab_chiqariladi_va_tulanadi