9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Koʻp korxonalarda pandemiya tufayli joriy yilning oldingi davri uchun realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda, muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun umumbelgilangan soliqlarni toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish mumkin. Qanday shartlarda buning imkoniyati mavjud? Buni qanday toʻgʻri amalga oshirish mumkin?
Buxgalter.uz uchun maxsus, savollarga «Norma» eksperti Irina AXMETOVA javob berdi:
- QQS va foyda soligʻi toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga navbatdagi soliq davridan (yili) boshlab oʻtishga haqli, basharti
:
- oʻtishdan oldingi yil uchun jami daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- QQSni va foyda soligʻini tanlash huquqisiz toʻlaydigan soliq toʻlovchilar toifasiga mansub boʻlishmasa, aynan:
- aksizosti tovarlar ishlab chiqarishmasa
;
- aksizosti mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishmasa;
- foydali qazilmalarni kavlab olishmasa;
- tovarlarni import qilishmasa;
- ularning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni 50 gektardan kam boʻlsa;
- benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishmasa;
- lotereyalarni tashkil etishmasa;
- markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishmasa;
- oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs boʻlishmasa;
- mulkida samarasiz foydalanilayotgan koʻchmas mulki boʻlmasa.
Vaziyatni shartli misollarda koʻrib chiqamiz.
1. QQSni va foyda soligʻini toʻlovchi boʻlgan korxona aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtmoqda
2019 yil yakunlari boʻyicha YaST toʻlovchisi boʻlgan korxonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshdi, shu bois 2020 yildan boshlab u QQSni va foyda soligʻini toʻlashga oʻtdi. 2020 yil uchun korxonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. Shu bois 2021 yildan boshlab u aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli.
QQSni va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar:
- basharti joriy soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga kamida 12 oydan keyin qayta oʻtishga haqli
.
2. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan QQSni va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan korxona aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qayta oʻtadi
2018 yil yakunlari boʻyicha YaST toʻlovchisi boʻlgan korxonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. 2019 yilda u YaST toʻlashda qoldi va uni I chorak davomida toʻladi. Aprel oyidan boshlab korxona QQSni va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtdi.
2019 yil uchun jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. Aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga korxona navbatdagi soliq davridan (yili) boshlab kamida 12 oydan keyin oʻtishga haqli. Mazkur vaziyatda – 2021 yildan boshlab, basharti 2020 yil uchun jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa.
QQSni va foyda soligʻini toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali DSIga
tegishli xabarnoma joʻnating. Buni aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan yil boshlanishiga qadar 10 kundan kechiktirmay amalga oshirish zarur, ya’ni 21 dekabrdan kechiktirmay
.
![]()