BHMni qoʻllash sohasi kengaytirildi

preview

Prezidentning ayrim hujjatlariga bazaviy hisoblash miqdorini qoʻllash sohasini kengaytiruvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

- Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab eng kam ish haqi (EKIH) oʻrniga MHEKM, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) amal qilmoqda. Ularning dolzarb qiymatlari – bu yerda.

Hozir qoʻshimcha ravishda aniqlashtirishlaricha, BHM quyidagilarni hisoblab chiqarishda ham qoʻllanadi:

  • davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va koʻkrak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar miqdorlarini;
  • oziq-ovqat va yoʻlkira uchun хarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalarni.

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text164323_bhmni_qullash_sohasi_kengaytirildi