1 noyabrdan boshlab EHFni avtotasdiqlash qanday ishlaydi?

preview

1 noyabrdan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar tizimi barcha qoidalar boʻyicha ishlashni boshlaydi. Xususan, sotib oluvchi tomonidan oʻz vaqtida qabul qilinmagan va rad etilmagan hisobvaraq-fakturalarni avtotasdiqlash funksiyasi ishga tushiriladi.

Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ QQS ma’murchiligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Furqat QOʻShChONOV bu haqda batafsil gapirib berdi:

– "2020 yil 1 noyabrdan boshlab barcha hisobvaraq-fakturalar Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-7-bandlarida va 59-bandida nazarda tutilgan muddatlarda qat’iy taqdim etilishi kerak.

Hozirgi kunda, agar qandaydir sababga koʻra  bu muddat oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, kechiktirib taqdim etilgan hisobvaraq-faktura bitim amalga oshirilgan oy uchun hisobotga kiritiladi. Ya’ni agar buхgalter sentyabr oyi hisobvaraq-fakturasini, masalan, 20 oktyabrdan keyin taqdim etgan boʻlsa, baribir u sentyabr oyi hisobotiga kiritiladi.

1 noyabrdan boshlab muddati oʻtkazib yuborilgan hisobvaraq-fakturalar ular taqdim etilgan oyda hisobga olinadi. Ya’ni hisobvaraq-faktura noyabrda taqdim etilgan boʻlsa, noyabrda hisob-kitoblarda hisobga olinadi.

Shuningdek, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab EHF tizimida Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan barcha normalar teхnik jihatdan amalga oshiriladi.

Masalan, Nizomning 63-bandida shunday deyilgan: “sotib oluvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran 10 kun muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan elektron hisobvaraq-faktura tasdiqlangan hisoblanadi”. Bugungi kunda EHF tizimida ushbu muddat oʻtgach koʻrib chiqilmagan hisobvaraq-fakturalar bilan hech narsa roʻy bermaydi, “uygʻongan” sotib oluvchi ularni rad etishning teхnik imkoniyatiga ega.

1 noyabrdan boshlab bunday imkoniyat mavjud boʻlmaydi".

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text164332_1_noyabrdan_boshlab_ehfni_avtotasdiqlash_qanday_ishlaydi