9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Buxgalter.uz DSQ mutaxassisi Nazokat XOLMATOVAdan korxonani mulkiy majmua sifatida sotishning soliq oqibatlari haqida soʻzlab berishni iltimos qildi:
– Korxonani sotish shartnomasi boʻyicha sotuvchi korxonani mulkiy majmua sifatida, boshqa shaxslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlarini istisno etgan holda, xaridor mulkiga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi
.
Korxonani sotish shartnomasida uning tarkibi va qiymatini baholash belgilanadi. Shartnoma imzolangunga qadar quyidagilar rasmiylashtirilishi lozim:
- inventarlash dalolatnomasi;
- buxgalteriya balansi;
- auditorlik xulosasi;
- baholash toʻgʻrisidagi hisobot;
- korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarz majburiyatlari roʻyxati, bunda kreditorlar, qarz turi, miqdori va talab etiladigan muddatlari koʻrsatiladi.
Korxonani topshirishda quyidagilarni rasmiylashtiring:
- topshirish dalolatnomasi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
– korxona tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
– kreditorlar korxona sotilayotganligidan xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
– aniqlangan mol-mulk kamomadi haqidagi ma’lumotlar;
– yoʻqotilganligi tufayli topshirishning imkoni boʻlmaydigan mol-mulk roʻyxati
;
- jamlanma hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring, unda korxona sotilgan narxni koʻrsating. Ushbu hujjatda quyidagi mustaqil pozitsiyalarni ajratib koʻrsating:
– asosiy vositalar;
– nomoddiy aktivlar;
– boshqa turdagi mol-mulk;
– debitorlik qarzi summasi;
– qimmatli qogʻozlar qiymati;
– balans aktivlarining boshqa pozitsiyalari.
QQS solinadigan, realizatsiya qilinadigan har bir mol-mulk turi boʻyicha soliq stavkasini va soliq summasini koʻrsating
.
Korxonani sotishning soliq oqibatlarini koʻrib chiqamiz.
QQS
Korxonani mulkiy majmua sifatida realizatsiya qilishda QQS boʻyicha soliq bazasi har bir mulk ob’yekti boʻyicha soliqni oʻz ichiga oladigan uni realizatsiya qilish narxi miqdorida alohida-alohida aniqlanadi
.
Korxonani realizatsiya qilish narxi berilayotgan mol-mulkning balans qiymatidan farq qiladigan boʻlsa, QQS summasini aniqlash uchun quyidagi formulalar boʻyicha hisoblanadigan tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:
1. Realizatsiya qilish narxi < mol-mulkning balans qiymati holatida, tuzatuvchi koeffitsiyent = korxonani realizatsiya qilish narxi : mol-mulkning balans qiymati.
2. Realizatsiya qilish narxi > mol-mulkning balans qiymati holatida, tuzatuvchi koeffitsiyent = (korxonani realizatsiya qilish narxi – debitorlik qarzi – qimmatli qogʻozlar qiymati) : (mol-mulkning balans qiymati – debitorlik qarzi – qimmatli qogʻozlar qiymati).
Har bir mol-mulk turini realizatsiya qilish narxi = balans qiymati x tuzatuvchi koeffitsiyent.
- asosiy vositalar – 2 550 mln soʻm;
- qimmatli qogʻozlar – 100 mln soʻm (bozor qiymati boʻyicha qayta baholangan);
- materiallar – 50 mln soʻm;
- tayyor mahsulot – 150 mln soʻm;
- debitorlik qarzi – 250 mln soʻm.
Foyda soligʻi
Korxonani mulkiy majmua sifatida sotish narxi va uning sof aktivlari (majburiyatlarni chegirgan holda aktivlar) qiymati oʻrtasidagi farq sotuvchining daromadi yoki xarajati deb e’tirof etiladi. Bunday farq topshirish dalolatnomasiga asosan aniqlanadi.
Korxonani mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan daromad yalpi daromad tarkibiga kiritiladi
.
Korxonani mulkiy majmua sifatida realizatsiya qilishdan koʻrilgan zarar realizatsiya qilinganiga (chiqib ketganiga) oʻxshash boʻlgan aktivlarni realizatsiya qilishdan (chiqib ketishidan) olingan daromad hisobiga kompensatsiya qilinadi
. Buning uchun Foyda soligʻi hisob-kitobiga 8-«Alohida turdagi operatsiyalar boʻyicha zararlarni koʻchirishning oʻziga xos xususiyatlari» ilovasi nazarda tutilgan.
Keltirilgan misolda zarar yuzaga kelgan: (3 450 – 436,96) – 3 100 = 3 013,04 – 3 100 = – 86,96 mln soʻm. U chegiriladigan xarajatlarga kiritilmaydi, balki oʻxshash aktivlarni realizatsiya qilishdan (chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobiga kompensatsiya qilinishi mumkin.
Korxonani realizatsiya qilishdan koʻrilgan zararni, ular olingan soliq davridan keyingi 10 yilga koʻchirish mumkin
.
Aylanmadan olinadigan soliq
Korxonani mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan daromad jami daromad tarkibiga kiritiladi
.
Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda korxonani mulkiy majmua sifatida realizatsiya qilishdan koʻrilgan zarar hisobga olinmaydi.
![]()