QQSni hisoblab chiqarish maqsadlarida xizmatlarni realizatsiya qilish joyini aniqlashda talay nizoli vaziyatlar yuzaga keladi. Xususan – transport vositasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni ijaraga berishda. Bunday vaziyatlarda nimaga e’tibor berishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA soʻzlab berdi:
Agar xizmatlar koʻchar mol-mulk bilan bogʻliq boʻlsa
- Koʻchar mol-mulk bilan bevosita bogʻliq xizmatlarni realizatsiya qilish joyi ular haqiqatda koʻrsatilgan joy boʻyicha aniqlanadi . Bunday xizmatlar Oʻzbekiston hududida koʻrsatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston bunday xizmatlar realizatsiya qilingan joy hisoblanishini bildiradi. Va tegishincha, aksincha – korxona chet elda xizmatlar koʻrsatdi, demak, Oʻzbekiston ularni realizatsiya qilish joyi hisoblanmaydi.
Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, koʻchar mol-mulkni montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish, qayta ishlash, ta’mirlash, texnik xizmat koʻrsatish, saqlash kiradi.
E’tibor bering
Ushbu realizatsiya qilish joyini aniqlash qoidasi transport vositalarini ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bu hollarda realizatsiya qilish joyi ijara turiga bogʻliq: qisqa muddatli – ularni ijaraga berish paytida transport vositalarining joylashgan joyi boʻyicha, uzoq muddatli – ijaraga oluvchi faoliyatni amalga oshiradigan joy (joylashgan joy) boʻyicha.
Misol
Uskunani ijaraga olish
Oʻzbekiston korxonasi Rossiya zavodlaridan biridan bir nechta dastgohlarni ijaraga olgan, ularda Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan oʻz mahsulotlari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi.
Oʻzbekiston korxonasi Oʻzbekistondan tashqarida boʻlgan koʻchar mol-mulkni (transport vositasi emas) ijaraga olganligi bois, respublika hududi mazkur xizmatni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydi. Binobarin, Oʻzbekiston korxonasi-ijarachi olingan xizmatlardan soliq agenti sifatida QQS toʻlamaydi.
Agar xizmatlar transportni uzoq muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq boʻlsa
Transport vositalarini uzoq muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq xizmatlarni realizatsiya qilish joyi ijaraga oluvchining faoliyat koʻrsatish joyi (joylashgan joy) boʻyicha aniqlanadi . Bu Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan bunday xizmatlar, agar ijaraga oluvchi – Oʻzbekiston korxonasi boʻlsa, Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan deb e’tirof etilishini bildiradi. Bunda transport vositalari ularni ijaraga berish paytida qayerda joylashganligining ahamiyati yoʻq.
Eslatib oʻtamiz
Ushbu realizatsiya qilish joyini aniqlash qoidasini faqat transport vositalarini uzoq muddatli ijaraga berishga nisbatan qoʻllash mumkin. Qisqa muddatli ijaraga berish boʻyicha realizatsiya qilish joyi transport vositalari ularni ijaraga berish paytida joylashgan joy boʻyicha aniqlanadi.
Transport vositalarini ijaraga berish shartnomasi, agar 30 kundan ortiq muddatga tuzilgan boʻlsa, uzoq muddatli hisoblanadi. Istisno - havo va dengiz kemalari, vertolyotlar va temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibi. Bu hollarda 90 kundan ortiq muddatga ijaraga berish uzoq muddatli hisoblanadi.
Misol
Transport vositasini uzoq muddatga ijaraga berish
Chet el kompaniyasi Oʻzbekiston avtokorxonasidan Toshkent shahrida 2 oyga yuk avtomobilini ijaraga oladi.
Ijara muddati – 30 kundan ortiqni tashkil etadi, shu bois u – uzoq muddatli sanaladi..
Ijaraga oluvchi – chet el kompaniyasi, shu bois transport vositasi Oʻzbekistonda ijaraga berilishiga qaramay, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydi. Binobarin, Oʻzbekiston korxonasi-ijaraga oluvchida ushbu xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan QQS hisoblash boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi.
Agar xizmatlar transportni qisqa muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq boʻlsa
Transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq xizmatlarni realizatsiya qilish joyi ushbu transport vositalarining ularni ijaraga berish paytida joylashgan joyi boʻyicha aniqlanadi . Bu, agar transport ijaraga berish paytida respublikada joylashgan boʻlsa, bunday xizmatlar Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan deb hisoblanishini bildiradi. Va tegishincha, aksincha, agar transport vositasi uni berish chogʻida chet elda joylashgan boʻlsa, ijaraga berish boʻyicha xizmatlar chet elda realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz
Ushbu realizatsiya qilish joyini aniqlash qoidasi faqat transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berishga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Uzoq muddatli ijaraga berishga nisbatan realizatsiya qilish joyi ijaraga oluvchining faoliyat koʻrsatish joyi (joylashgan joyi) boʻyicha aniqlanadi.
Misol
Transport vositasini qisqa muddatli ijaraga berish
Oʻzbekiston korxonasi chet el kompaniyasidan Toshkent shahrida 20 kunga yuk avtomobilini ijaraga oladi.
Transport vositasi ijaraga berish paytida Oʻzbekistonda joylashgan. Ijara muddati – 30 kundan kam, shu bois u – qisqa muddatli deb sanaladi.
Mazkur holda ijaraga berish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston deb e’tirof etiladi. Agar chet el kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida hisobga olinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston korxonasi-ijaraga oluvchi soliq agenti sifatida ijara qiymatidan QQS toʻlashi shart.
QQS hisob-kitobi tartibi shartnoma shartlariga – ijara qiymatida soliq summasi nazarda tutilganligiga bogʻliq .
QQS: soliq hisobi — maslahatlarQQSQQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar./oz/publish/doc/text164554_kuchar_mol-mulk_bilan_bogliq_hizmatlarni_realizaciya_qilish_joyi_qanday_aniqlanadi