9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Bu yil ASSA imtihonlarni ikki marta bekor qildi: iyunda – butun jahon uchun, sentyabrda –Toshkent va Olmaota uchun. Oʻzbekiston talabalari uchun dekabr oyi imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish ham boshida silliq kechmadi: ular “joy yoʻq” degan javobni olishdi. Keyinroq topildi, biroq vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda.
ASSA sessiyasining dekabr oyi imtihonlari toʻgʻrisidagi eng “qizgʻin” savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan ASSAning Qozogʻiston va Markaziy Osiyo boʻyicha filiali vakili Janna ISKENOVA javob berdi:
Koʻp korxonalar uchun dekabr oyiga tayinlangan ASSA imtihoni – 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qaror talablarini bajarishning soʻnggi imkoniyati. Ularga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari, yirik soliq toʻlovchilar banklar va sugʻurta tashkilotlari 2021 yildan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishlari va shtatida kamida 3 nafar MHXS boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi kerak
.
8 oktyabrda buxgalter.uz ASSA ga savollar bilan murojaat qildi:
- dekabr oyi imtihonlari Oʻzbekistonda qaysi maydonlarda oʻtkaziladi?
- Oʻzbekistondan imtihon topshirishni xohlaganlar (jumladan ilgari bekor qilingan imtihonlarga roʻyxatdan oʻtkazilganlar) uchun zarur joylar soni qanday ta’minlanadi?
- ASSA DipIFR RUS imtihonining yangi formati oʻzini nimada namoyon qiladi?
ASSAning Qozogʻiston va Markaziy Osiyo boʻyicha filiali vakili Janna ISKENOVA oʻzining buxgalter.uz ga 2020 yil 5 noyabrdagi xatida quyidagilarni ma’lum qildi:
- ASSA ning 2020 yil dekabr oyidagi imtihon sessiyasiga roʻyxatdan oʻtkazish 2020 yil 2 noyabrga qadar ochiq boʻldi. Kirish mezonlari va roʻyxatdan oʻtkazish shartlari boʻyicha barcha tafsilotlarni bu yerda topish mumkin.
ASSA vaziyat rivojini va butun jahon boʻyicha hamkasblarimiz qabul qilayotgan qarorlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yuzaga kelgan holatda bizning ustuvorligimiz - ASSA hamkorlari, talabalari, ASSA a’zolari xavfsizligi va salomatligi. Xavfsizlik maqsadida va COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida biz tavsiya qilingan talabalarni joylashtirish formatiga rioya qilamiz.
Bugungi kun holatiga boʻlgan axborotga koʻra dekabr oyida Oʻzbekistonda ikkita imtihon markazi jalb qilinadi:
- imtihonni qogʻoz shaklida topshirish uchun Markaz: Yodju texnika instituti, Toshkent shahri Usmon Nosir koʻchasi, 156-uy.
- imtihonni kompyuterda topshirish uchun Markaz: Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 9-uy, 100170.
ASSA DipIFR RUS imtihonini Toshkent shahridagi Inxa universitetida joylashgan markazda topshirish mumkin.
Mazkur axborot imtihon sessiyasiga yaqin oʻzgarishi mumkin. Imtihon sessiyasi jadvalini siz bu yerda topishingiz mumkin.
Imtihon formatiga kelsak – 2020 yil dekabr oyidan boshlab ASSA DipIFR RUS imtihonidan kompyuter formatida (CBE) oʻtish mumkin. Siz bu yerda ASSA DipIFR RUS imtihoniga tayyorlanish boʻyicha yoʻriqnomani topishingiz va CBE formatida imtihon topshirish namunasi bilan tanishishingiz mumkin. Texnik maqolalar sizga imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi