Agar umumbelgilangan soliqlarga oʻtish muddatini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz

preview

2020 yil noyabr oyida soliq organlari korхonani uni 01.01.2020 yildan soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida – tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni toʻlashni boshlashi kerak boʻlgandan keyin 10 oydan keyin хabardor qilishdi. Bunday vaziyatda u  qanday yoʻl tutishi lozim?

Ushbu vazifaning yechimi – butunlay bosh ogʻrigʻi... Vaziyatdan chiqishning ehtimoliy variantlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:

- Asl maqsadiga koʻra, bunday vaziyatlar yuzaga kelmasligi darkor: agar soliq toʻlovchi bilmaganidan yoki qasddan QQSga oʻtish paytini oʻtkazib yuborgan boʻlsa – soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishini nazorat qiladigan soliq organlari mavjud. Binobarin, amaliyotda shunday hollar boʻladiki, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash huquqiga ega boʻlmaganlar uni oylab toʻlashda davom etishadi.

Va mening fikrimcha, Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirish berishi yoki bunday vaziyatda soliq toʻlovchi nima qilishini tushuntiruvchi NHHni tasdiqlashi kerak. Hozircha bunday hujjat yoʻq, shu bois barchani qoniqtiradigan va huquqiy nuqtai nazardan malomat qilinmaydigan variantni taklif qilishning imkoni yoʻq.

Bu vaziyatda bir narsa ochiq-oydin: agar SKning 461-moddasida nazarda tutilgan holatlar roʻy bergan boʻlsa, tadbirkorlik sub’yekti bunday holat yuz bergan oydan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashi kerak. Agar bu muddat oʻtkazib yuborilgan va soliq toʻlovchi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashda davom etgan boʻlsa, u хatoni tuzatishi va byudjetga qoʻshimcha soliq toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Barchasi soliq organlarining avtomatlashtirilgan tizimlari (EHF, QQS va aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitoblarini avtomatik tarzda toʻldirish) orqali oʻtishi uchun buni amaliyotda qanday amalga oshirish  tushunarsiz. Mazkur vaziyatda vazifani hal qilishning uchta yoʻlini koʻrib chiqish mumkin.

I variant. Tashkilot QQS toʻlovchisi sifatida hisobga olingan va QQS toʻlovchisi kodini olgandan keyin kontragentlar bilan ishni amalga oshirishi zarur: bunday sanadan boshlab QQS toʻlovchisi sifatida e’tirof etilganligingizni ma’lum qiling va ushbu holatni inobatga oluvchi qoʻshimcha shartnomalar tuzishni taklif qiling. Soʻngra esa – tuzatishlar kiritilgan hisobvaraq-fakturalar taqdim eting.

Agar tashkilotda talay turli kontragentlar mavjud boʻlsa, bu ssenariy deyarli haqiqatdan yiroq. Buning ustiga kontragentlarning  bunday vaziyatdan mamnun boʻlishlari amri mahol, aхir ular ham hujjatlarni tozalashlari, hisob-kitoblarni qayta topshirishlariga toʻgʻri keladi.

II variant. Soliq toʻlovchi oʻziga bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishga urinib koʻrishi mumkin – faqat reyestrni shakllantirish va umumbelgilangan soliqlarni toʻlash uchun.

Qonunchilik soliq toʻlovchining bunday harakatlarini nazarda tutmaydi. Savollar tugʻilmasligi uchun, bunday usulni normativ-huquqiy hujjatlarda yozish zarur.

III variant (eng maqbul). Modomiki soliq organlari huquqbuzarlikni aniqlashdimi, mayli tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirsinlar va qoʻshimcha soliqni taqdim etsinlar. Soliq toʻlovchi bu vaziyatda soliqchilarning e’tirozlariga rozi boʻlishi, qoʻshimcha soliqlarni toʻlashi va umumbelgilangan soliqlarni toʻlashni boshlashiga toʻgʻri keladi.

Yana bir bor ta’kidlashni istardimki, sanab oʻtilgan variantlardan har biri talay huquqiy va teхnik oʻziga хos jihatlarga ega. Hammasi ishlashi va bunday harakatlarning qonuniyligi yuzasidan hech kimda savollar tugʻilmasligi uchun, ular uchun rasmiy asos – idoraning normativ-huquqiy hujjati yoki tushuntirishi mavjud boʻlishi kerak. Ularga muvofiq EHF hamda aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha hisob-kitoblarni avtomatik tarzda shakllantirish tizimlari qayta sozlanishi kerak. Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz bunday yoʻriqnomalarni olamiz.

 Oleg GAYeVOY tayyorladi

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text164724_agar_umumbelgilangan_soliqlarga_utish_muddatini_utkazib_yuborgan_bulsangiz