Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Vazirlar Mahkamasi 9.11.2020 yildagi “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 700-son qarorni qabul qildi. Hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Batafsil - norma.uz portali sharhida.
Hujjat quyidagilarga qaratilgan:
- bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalarini belgilash;
- ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlarini bekor qilish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
- tovarlarni bojxona hududida va uning hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalarini pasaytirish;
- bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimini joriy etish.
Bojxona yigʻimlari stavkalari
|
Bojxona yigʻimi turi |
Stavkasi |
|
Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*: |
|
|
a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida ("eksport", "bojxona hududida qayta ishlash" va "bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash", "tranzit", "yoʻq qilish", "vaqtincha saqlash", "davlat foydasiga voz kechish" va mazkur bandning "g" hamda "d" kichik bandlarida koʻrsatilgan tovarlardan tashqari): |
|
|
$10 000 gacha |
1 BHM** |
|
$10 000 dan 20 000 gacha |
1,5 BHM |
|
$20 000 dan 40 000 gacha |
2,5 BHM |
|
$40 000 dan 60 000 gacha |
4 BHM |
|
$60 000 dan 100 000 gacha |
8 BHM |
|
$100 000 dan 200 000 gacha |
15 BHM |
|
$200 000 dan 500 000 gacha |
30 BHM |
|
$500 000 dan 1 000 000 |
58 BHM |
|
$1 000 000,01 va undan ortiq |
75 BHM |
|
b) "Ekport" bojxona rejimida BYuDni taqdim etishda: |
|
|
$20 000 dan |
50% BHM |
|
$20 000 dan 40 000 gacha |
1 BHM |
|
$40 000 dan 60 000 gacha |
2 BHM |
|
$60 000 dan 100 000 gacha |
3 BHM |
|
$100 000 dan 200 000 gacha |
5 BHM |
|
$200 000 dan 500 000 gacha |
10 BHM |
|
$500 000 dan 1 000 000 gacha |
25 BHM |
|
$1 000 000 va undan ortiq |
50 BHM |
|
v) "Bojxona hududida qayta ishlash", "bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash" va "tranzit" bojxona rejimlarida BYuDni taqdim etishda - BYuDning asosiy varagʻi uchun |
50% BHM |
|
Har bir qoʻshimcha varagʻi uchun |
25% BHM |
|
g) Yuridik shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini olib kelishda BYuDni taqdim etishda (bir dona deklaratsiya uchun); |
2,5 BHM |
|
d) tovarlarni bojxona kirim orderini qoʻllash orqali; |
25% BHM |
|
BYuDni oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun (qogʻoz shakldagi BYuDda bir dona BYuD uchun, elektron shakldagi BYuDda bir dona BYuDni tuzatish shakli uchun) |
25% BHM |
|
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun ("eksport" bojxona rejimi bundan mustasno): |
|
|
a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 - 9.00)****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYuD uchun); |
2 BHM |
|
b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona koʻrigini, koʻzdan kechiruvni, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun) *****: kunduzgi vaqtda (9.00 - 18.00 ish vaqtida); |
25% BHM |
|
Bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 - 9.00), dam olish va bayram kunlari |
2 BHM |
|
Egasi bojxona organi boʻlgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun) ******: |
|
|
dastlabki oʻn sutka mobaynida (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun; |
3% BHM |
|
har bir keyingi sutkalar uchun (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun |
4% BHM |
|
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun: |
|
|
200 km masofagacha; |
2 BHM |
|
200 km dan ortiq masofagacha |
5 BHM |
|
Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun ******* |
75% BHM |
|
Avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun |
Olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchi uchun BHMning 0,7 %i miqdorida ******* |
|
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun |
1 BHM |
*) Tovarlarni "davlat foydasiga voz kechish", "yoʻq qilish", "vaqtincha saqlash" bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi;
**) BHM - bazaviy hisoblash miqdori;
***) Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona post iva unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo doʻkoni bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi;
****) Bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 - 9.00) vaqt bu, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan payt (BYuDning "D" grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt) hisoblanadi;
*****) Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi;
******) Sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
*******) Tovarni tasniflanishi boʻyicha dastlabki qaror bekor qilinganda, oʻzgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun toʻlov qaytarilmaydi;
********) Umumiy hisoblangan yigʻimlar qiymati, transport vositasini "erkin muomalaga chiqarish" bojxona rejimiga joylashtirgandagi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan oshmasligi shart.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Norma.uz materiallari asosida