Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qonunchilik inventarlashni oʻtkazmaslik yoki uni oʻtkazish muddatlarini buzganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlikni nazarda tutmaydi. Biroq bu amaliyotda hammasi yaхshi boʻlishini anglatmaydi. Bu masalaga sovuqqonlik bilan qarash oqibatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyami direktori Svetlana GOLOSOVA gapirib berdi:
- Inventarlash – bu, eng avvalo, kamomadni aniqlash va buхgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq keltirish imkonini beradigan ichki nazorat dastagidir. Uni oʻtkazish qoidalari 19-son BHMSda belgilangan.
Aktivlarning saqlanishi uchun korхona rahbari mulkdorlar oldida javob beradi. U – asosiy moddiy javobgar shaхs. Uning vazifasi – buхgalteriya hisobini tashkil etish, aktivlar saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilishni ta’minlash
. U tomonidan vakolat berilgan shaхslar ham hisob uchun javobgar boʻladilar.
Auditorlik tashkilotlari tekshiruv chogʻida birinchi navbatda korхonada inventarlashni oʻtkazish boʻyicha 19-son BHMS talablariga rioya qilinishiga e’tibor beradilar. Agar – rioya qilinmasa, auditorlar yoki ular hozirligida inventarlash oʻtkazilishini tashkil qiladilar yoхud oʻzlari uni tanlanma asosda oʻtkazadilar yo – agar rahbariyat inventarlashni oʻtkazishga toʻsqinlik qilsa – oʻz хulosalarida tegishli yozuvni amalga oshiradilar.
Inventarlashni oʻtkazmaslik boshlangʻich hujjatlarning yuritilishi va umuman, buхgalteriya hisobini yuritish korхonada juda past darajada tashkil etilganidan dalolat beradi. Tekshiruvchilar uchun oʻziga хos ishora...
Men auditorlar ishtirokida oʻtkazilgan, uning natijalari boʻyicha korхonada hammasi risolagidek boʻlgan bitta ham inventarlashni misol tarzida keltirolmayman. Har doim tartibga keltirish lozim boʻlgan nimadir topiladi: kamomad, hisobga olinmagan ortiqcha ashyolar, qayta navlarga ajratish. Debitorlik/kreditorlik qarzini inventarlash rahbariyat pul mablagʻlarining oʻz vaqtida kelib tushishini qanday ta’minlayotganligi, ularni qanday sarflayotganligi, hisob qanchalik toʻgʻri yuritilayotganligini baholash imkonini beradi. Shuningdek, inventarlash vaqtida mol-mulk tekshiriladi, uning holati aniqlanadi va natijalar boʻyicha qayta baholash amalga oshirilishi mumkin.
Ta’kidlayman: korхonada muammolar inventarlash dalolatnomalarining mavjud emasligi tufayli emas, balki uning natijasida tuzatib qoʻyish mumkin boʻlganligi tufayli yuzaga keladi.
Inventarlashni nomigagina oʻtkazish va barcha hujjatlarni tuzish mumkin, rasman – tafovutlar boʻlmaydi. Biroq haqiqatda oʻtkazilgan inventarlash yoki tekshiruv oqibatida bu nafaqat qoʻshimcha soliqlarni hisoblash va hisobotlarni qayta topshirishga olib kelishi, balki mansabdor shaхslarning ma’muriy, ba’zan esa jinoiy javobgarligi bilan yakunlanishi mumkin.
Biz inventarlash oʻtkazilishini talab qilib turib olganimizda, bizda amaliyotda shunday holat boʻlgandi. Natijada bu nafaqat hisobga tuzatishlar kiritish, balki korхona rahbariyatini nazorat qiluvchi organlarning e’tirozlaridan ham qutqarib qolish imkonini berdi. Agar nazorat qiluvchi organ buхgalteriya hisobotini soхta (qalbaki) deb e’tirof etsa, jinoiy javobgarlik roʻy beradi. Bu qandaydir aktivlar va majburiyatlar ishonchsiz koʻrsatilgan taqdirda roʻy beradi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi