9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Vazirlar Mahkamasi 20.11.2020 yildagi «Soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 736-son qarorni qabul qildi. Boshqa hujjatlar qatorida u bilan Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Batafsil – norma.uz sharhida:
Soliq monitoringi:
- soliq toʻlovchining barcha soliqlar va yigʻimlarini qamrab oladi;
- soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga asosan oʻtkaziladi;
- soliq toʻlovchilar uchun ixtiyoriy hisoblanadi;
- oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 10 mlrd soʻmni tashkil etgan yuridik shaxslarda oʻtkaziladi;
- yuridik shaxs tomonidan soliq organiga soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan yildan keyingi kalendar yil mobaynida oʻtkaziladi;
- soliq monitoringi oʻtkaziladigan yilning 1 yanvaridan boshlanib, soliq monitoringi oʻtkazilgan davrdan keyingi yilning 1 iyulida yakunlanadi;
- soliq monitoringi quyidagi soliq organlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar soliq boshqarmalari, yirik korxonalar uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Soliq monitoringi Nizomda keltirilgan sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatda quyidagi tartiblar belgilangan:
- soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish tartibi va axborotga doir hamkorlik reglamenti;
- soliq monitoringini oʻtkazish tartibi;
- soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida axborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlarni (axborotni) taqdim etish tartibi;
- hujjatlarni (axborotni) elektron shaklda taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuborish tartibi;
- soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi masalalariga doir soliq organining asoslantirilgan fikrini taqdim etish tartibi;
- oʻzaro kelishuv tartib-taomili.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida