Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 noyabrdan boshlab 489-son VMQga 2-ilovaning 63-bandida nazarda tutilgan, kontragent tomonidan koʻrib chiqilmagan hisobvaraq-fakturalarni avtotasdiqlash ishga tushirildi. Lekin koʻrib chiqilmagan EHFlar hali ham koʻp.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAM bosh mutaхassisi Nodir MUHAMMADOV tushuntirdi.
- Har bir aniq holatda nima roʻy bergani yuzasidan javob berish uchun aniq hisobvaraq-fakturani koʻrib chiqish zarur. Quyidagilarni nazarda tuting:
- mazkur funksional faqat 1 noyabrdan keyin taqdim etilgan EHFga nisbatan ishlaydi. Ancha oldingi EHF boʻyicha masalani tartibga solish tadbirkor va uning kontragentining vazifasi boʻlib qoladi;
- tizim EHFni koʻrib chiqish uchun berilgan 10 kunni – u joʻnatilgan (taqdim etilgan emas) sanadan e’tiboran hisoblaydi.
Joʻnatish kuni hisobvaraq-faktura kontragentda koʻrib chiqishda boʻlgan birinchi kun hisoblanadi. Agar hisobvaraq-fakturani tasdiqlashning soʻnggi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, u dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi.
Joʻnatish, tasdiqlash va rad etish sanalari EHF tizimida har bir hisobvaraq-fakturada – elektron hujjatda u bilan ERI yordamida harakatlarni amalga oshirgandan (joʻnatish, qabul qilish, rad etish) keyin paydo boʻladigan toʻgʻriburchakda koʻrsatiladi;
- hisobvaraq-faktura joʻnatilgan paytdan e’tiboran 10 kun oʻtgach, sotuvchida “Bekor qilish” tugmasini, sotib oluvchida esa - “Rad etish” tugmasini bosganda hech narsa roʻy bermaydi. Bunday hisobvaraq-fakturalarda faqat “Qabul qilish” tugmasi ishlaydi. Ya’ni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilmagan hisobvaraq-fakturaning oʻzi bilan koʻzga koʻrinarli hech qanday oʻzgarishlar roʻy bermaydi. Tizimdagi faol tugmalar boʻyicha moʻljal olish mumkin”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi