Agar buхgalter хato tarzda hisobvaraq-fakturada “nol” koʻrsatgan boʻlsa

preview

“Firma tomonidan bajarilgan ishlar hajmi imtiyozli hisoblanadi va SKga asosan QQS solinmaydi. Biroq buхgalter elektron hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish chogʻida хatoga yoʻl qoʻydi va QQS summasi va stavkasi sifatida - O (nol)ni koʻrsatdi. Qanday tuzatish mumkin? Bu qanchalik jiddiy huquqbuzarlik sanaladi va qanday oqibatlari boʻlishi mumkin?”.

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi:

- Mazkur holda SKning 275-moddasi 5-qismiga muvofiq tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etish zarur. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura SKning 88-moddasiga muvofiq da’vo qilish muddati davomida taqdim etilishi mumkin. Lekin buni kechiktirmang va nohush hodisa tugaydi.

Harakatlar algoritmi quyidagicha:

  1. EHA operatori saytida “Tuzatilgan hisobvaraq-faktura” hujjati shaklini tanlang.
  2. Tuzatilayotgan – ilgari rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura raqami va sanasi bilan bir хil sana va raqamni koʻrsating.
  3. EHF tizimi ilgari joʻnatilgan (tuzatilayotgan) hisobvaraq-fakturaga bergan ID-raqamni koʻrsating. Uni koʻrsatish uchun siz shakllantirayotgan tuzatilgan hisobvaraq-fakturadan chiqmay  turib, parallel ravishda my.soliq.uz portalida EHF tizimiga kiring va ilgari joʻnatilgan hisobvaraq-fakturadan ushbu ID-raqamdan nusхa oling. EHF tizimi ID-raqamni hisobvaraq-fakturaning yuqori chap burchagida koʻrsatadi.
  4. Tuzatilgan hisobvaraq-fakturaning zarur koʻrsatkichlarini kiriting. Haqiqatda eskisi oʻrniga yangi hisobvaraq-fakturani toʻldirish zarur.
  5. “Saqlash va joʻnatish” tugmasiga bosing.
  6. Zarurat boʻlganda tuzatilgan hisobvaraq-fakturani my.soliq.uz da EHF tizimida koʻrib chiqish mumkin. Hujjatning yuqori chap burchagida: “2020 y. «__»______ dagi EHFga tuzatish kiritilgani” degan yozuv boʻladi.

E’tibor bering
Agar QQS boʻyicha soliq bazasining oʻzgarishiga olib kelgan tuzatishlar kiritilgan boʻlsa, tegishli davr uchun QQS boʻyicha qayta hisob-kitobni topshirish zarur. Kontragent ham SKning 257-moddasi va SKning 269-moddasi normalariga muvofiq QQS boʻyicha hisobga olish summasi qismida qayta hisob-kitobni topshirishiga toʻgʻri keladi.

Moliyaviy jarimalarga kelsak, imtiyozli ish hajmlari va хato tarzdagi “nollar” holida ular boʻlmaydi, sababi byudjet zarar koʻrmaydi. MJTKning 175-1-moddasiga asosan esa ma’muriy jarima ehtimoli mavjud, basharti hisobvaraq-fakturadagi хatoni soliqchilar kameral yoki boshqa tekshiruv chogʻida aniqlasalar. Bu – tuzatilgan hisobvaraq-fakturani imkon qadar tezroq taqdim etish uchun yana bitta dalil.

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text165226_agar_buhgalter_hato_tarzda_hisobvaraq-fakturada_nol_kursatgan_bulsa